Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Senatning tegishli qarori bilan Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

Shu bilan birga, 8 nafar sudya — Bobir Islamov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzaxakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherkulov va Xurshid Eshmuratov Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.