Burhon Xudoyberdiyevich Kuldashev 18-dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Kuldashev 1988-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan, yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ma’lumotli. 2010-yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2019-yildan beri Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Jamshid Xatamov esa Namangan viloyatida ayni shu lavozmida ish boshladi.