Huquq-tartibot idoralari korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayevni qo‘lga oldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga uning manbasi.

Hokim mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuhrat Mirzayev 7-avgust kuni Bekobod tumaniga hokim bo‘lgandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Qishloq qurilish bank” Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Sobiq hokim oxirgi hujjatni 15-dekabrda imzolagan. E’tiborlisi, hujjatlarda u hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Soliq qo‘mitasining bir qator mas’ul xodimlari hibsga olingani haqida xabarlar berilgandi.