19-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning Toshkent shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida nutq so‘zladi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Prezident nutqi avvalida ushbu mukofot orqali korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan jahondagi faol shaxslarning e’tirof etilishi 20 yil avval qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi talablarini hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion dollarga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda.

“Ammo, men bu katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko‘rilayotgan real zararning aniq hajmini to‘liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Eng yomoni — jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ko‘lamini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi reja va vazifalarini taqdim etdi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab чиқишҳақида gapirdi.

korrupsiya, шавкат мирзиёев, қатар amiri

Nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etgan holda, o‘zaro tajriba almashish va muloqotlarni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etishni va korrupsion holatlar bo‘yicha “dastlabki o‘rganish” — korrupsion surishtiruv instituti joriy etishniтаклиф qildi.

“Ongi va qalbi bolalikdan „halollik vaksinasi“ bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamizdir. Bu borada BMTning Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi dasturini O‘zbekistonda keng joriy etishdan manfaatdormiz”, — dedi davlat rahbari.

Prezident, bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jurnalistlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish va ular ta’sirini yanada oshirish uchun Global media forumni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

korrupsiya, шавкат мирзиёев, қатар amiri

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentini ochib bergandi.

“Monumentdagi korrupsiyani to‘xtatish uchun ko‘tarilgan ochiq qo‘llar kabi bugungi anjumanda ishtirok etayotgan, adolat yo‘lidagi qat’iyatli va tolmas qahramonlarimiz qo‘llarini pok qalb va vijdon amrimiz bilan mahkam tutamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot ilmiy tadqiqot, ta’lim, yoshlar ijodkorligi, sportni korrupsiyadan himoyalash, innovatsiya va surishtiruv jurnalistikasi kabi bir necha nominatsiyalarda taqdim etiladi.