Siyosat

15 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 sentabr 2021, 21:30

15 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi chiqarilgan qonunlar, O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi, tonirovka narxining 10 foizga pasaytirilishi — “Gazeta.uz"ning 15 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi teatrni ta’mirlashga 5 mln dollar sarflaydi
15 sentabr 2021, 15:33

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi teatrni ta’mirlashga 5 mln dollar sarflaydi

Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh akademik o‘zbek musiqali drama teatrida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Majmuadagi qiymati 5 mln dollarlik bo‘lgan ishlarni O‘zbekiston moliyalashtiradi.

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi
15 sentabr 2021, 14:09

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi

14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi «Tolibon» vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

26 sentabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi
15 sentabr 2021, 11:29

26 sentabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi

26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. 1991 yil shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti O‘zSSR KGBsini tugatish va MXXni tuzish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan edi. 2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylangach, bayram DXX kuni deb nomlandi va 5 aprel kuni nishonlana boshlandi.

Sobiq Andijon viloyati hokimi Qobiljon Obidovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni qaytarib berildi
15 sentabr 2021, 10:09

Sobiq Andijon viloyati hokimi Qobiljon Obidovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni qaytarib berildi

2004 yilda sobiq Andijon viloyati hokimi, 11 yil mobaynida viloyatni boshqargan Qobiljon Obidovdan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni «noma’lum sabablarga ko‘ra» qaytarib olingan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan unga mazkur unvon hamda «Oltin yulduz» medali qaytarib berildi.

Shavkat Mirziyoyev XMK boshqaruvchi direktori Maxtar Diopni qabul qildi
14 sentabr 2021, 22:10

Shavkat Mirziyoyev XMK boshqaruvchi direktori Maxtar Diopni qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

14 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 sentabr 2021, 21:38

14 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rossiya poytaxtidagi metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishi, MSK barcha partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishi, O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yuborishi — “Gazeta.uz"ning 14 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Trest-12» 11,5 mlrd so‘mdan ortiq dividendlar to‘laydi
14 sentabr 2021, 17:54

«Trest-12» 11,5 mlrd so‘mdan ortiq dividendlar to‘laydi

«Trest-12» kompaniyasi 2020 yilgi sof daromadidan 11,51 mlrd so‘m miqdorida dividendlar to‘laydi. Aksionerlar orasidan joy olgan qurilish vazirining rafiqasi va o‘g‘liga 3,1 mlrd so‘m ajratiladi.

Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
14 sentabr 2021, 17:28

Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga insonparvarlik yuki uchun minnatdorlik bildirdi. Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yordam mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yubordi
14 sentabr 2021, 15:47

O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yubordi

Seshanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yukini yubordi. O‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan ushbu gumanitar yordam muhtoj afg‘on oilalariga tarqatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
14 sentabr 2021, 15:34

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Prezidentlar bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi
14 sentabr 2021, 11:47

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.

«Asosiysi, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish» — Sodiq Safoyev
14 sentabr 2021, 10:13

«Asosiysi, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. «Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q», — dedi u.

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 sentabr 2021, 22:01

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi — “Gazeta.uz"ning 13 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Afg‘onistonlik barcha harbiylar va fuqarolar O‘zbekistonni tark etdi — TIV
13 sentabr 2021, 18:46

Afg‘onistonlik barcha harbiylar va fuqarolar O‘zbekistonni tark etdi — TIV

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan barcha Afg‘oniston fuqarolari so‘nggi ikki kun ichida boshqa mamlakatga evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV rasmiy vakili.

Reuters: AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqishni boshladi
13 sentabr 2021, 17:52

Reuters: AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqishni boshladi

12 sentabr kuni afg‘on uchuvchilari va boshqa xizmatchilari O‘zbekistonni tark eta boshladi. Ikkita samolyot Termiz aeroportidan BAAga jo‘nab ketganligi aytilmoqda.

Alisher Qodirov «Adolat» nomzodi bilan debatga tayyor — «Milliy tiklanish»
13 sentabr 2021, 17:04

Alisher Qodirov «Adolat» nomzodi bilan debatga tayyor — «Milliy tiklanish»

«Milliy tiklanish» partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. «Alisher Qodirov o‘zining joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz», — dedi Bahodir Mamatxonov.

Dunyo siyosiy yetakchilari tomonidan yozilgan eng sara kitoblar
13 sentabr 2021, 17:00

Dunyo siyosiy yetakchilari tomonidan yozilgan eng sara kitoblar

Dunyodagi ko‘plab davlat rahbarlari va siyosiy yetakchilar o‘z faoliyatlarini yakunlab, memuar asarlar yozishadi. Bunday kitoblarda siyosiy jarayonlardagi fikr va mulohazalardan tashqari, ularning shaxsiy hayotlarida ro‘y bergan ba’zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qilinadi. Kitobxonlar tomonidan e’tirof etilgan Benjamin Franklin, Li Kuan Yu, Margaret Tetcher, Mahatma Gandi va Barak Obama singari arboblarning muhim asarlari xaqida «Gazeta.uz» maqolasida.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHT sammitida ishtirok etadi
13 sentabr 2021, 11:29

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHT sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etadi hamda Tojikiston, Rossiya, Pokiston, Eron rahbarlari bilan uchrashadi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.

Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi
13 sentabr 2021, 10:43

Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting