Taxminan bir oydan beri O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqa xizmatchilar yakshanba kuni mamlakatni tark eta boshladi. Bu haqda uchuvchilardan biriga tayanib Reuters agentligi xabar qildi.

12 sentabr kuni The Wall Street Journal AQSh va O‘zbekiston bir guruh afg‘on harbiy uchuvchilarini Doxadagi AQSh harbiy bazasiga ko‘chirish yuzasidan kelishuvga erishganligi to‘g‘risida yozdi.

Reuters bergan ma’lumotga ko‘ra, uchuvchilardan biri, ismini oshkor qilmaslik sharti bilan, uchuvchilarning birinchi guruhi dastlab BAAga yo‘l olishini aytgan. Harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ko‘chirish ishlari 12−13 sentabr kunlari bir nechta bosqichda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Agentlik, shuningdek, COVID markazi bazasida tashkil etilgan lagerdan fotosuratlarni ham e’lon qildi. U yerda samolyotdan ham ko‘zga tashlanishi mumkin bo‘lgan konteynerlarni ko‘rish mumkin.



Foto: Reuters.com

Flightradar24 ma’lumotlari ham ikkita Boeing 757−200 (HY3533 va HY3535) reysi Termiz aeroportidan Abu-Dabiga parvoz qilganini tasdiqlaydi.


Foto: Flightradar24

Qariyb bir oy oldin afg‘on uchuvchilari Afg‘oniston harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot va samolyotlarda O‘zbekistonga uchib o‘tgan edi. 16 avgustda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ichida 585 nafar qurollangan afg‘on harbiy xizmatchilari bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot mamlakat havo hududini noqonuniy kesib o‘tganligi haqida xabar qilgan edi (keyinroq xabar to‘liq tekshirilmaganligi ma’lum qilingan). Kuzatib borish vaqtida O‘zbekistonning MiG-29 samolyoti va afg‘on Embraer 314 samolyoti o‘zaro to‘qnashib ketgan

Avgust oxirida WSJ rasmiy shaxsga tayanib, O‘zbekiston hukumati AQShni afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida ogohlantirganligini xabar qildi. Nashr buni «Tolibon» harakati O‘zbekistondan samolyotlar va vertolyotlarni qaytarishni talab qilayotganligi bilan izohladi.

sentabr boshida Reuters agentligi O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqa shaxslarni vataniga qaytarilishi haqida xavfsirayotgani to‘g‘risida xabar qildi. «Agar bizni ortimizga qaytarib yuborishsa, bizni o‘ldirib yuborishlariga 100% ishonchim komil», — deya ta’kidladi uchuvchilardan biri.

WSJ O‘zbekistondagi 46 ta Afg‘oniston samolyot va vertolyotlarining (Embraer EMB 314 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530, PC-12 iMi-17), taqdiri hali noaniqligicha qolayotganini ta’kidladi.