Sobiq Andijon viloyati hokimi Qobiljon Obidovga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni qaytarib berildi

2004 yilda sobiq Andijon viloyati hokimi, 11 yil mobaynida viloyatni boshqargan Qobiljon Obidovdan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni “noma'lum sabablarga ko‘ra” qaytarib olingan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan unga mazkur unvon hamda “Oltin yulduz” medali qaytarib berildi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

26 sentabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi

26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. 1991 yil shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti O‘zSSR KGBsini tugatish va MXXni tuzish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan edi. 2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylangach, bayram DXX kuni deb nomlandi va 5 aprel kuni nishonlana boshlandi.

Sho‘rchi tumani hokimi soxta hujjat asosida qurilish uchun yer ajratgan, natijada 160 tupdan ortiq tut daraxti kesib tashlandi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.

“Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?” — Rasul Kusherbayev “Amirsoy” da 700 tup daraxtlar kesilishi haqida

Deputat Rasul Kusherbayev Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini “hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini” ta’kidladi. “Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?”, — deb yozadi deputat.

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi

14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi “Tolibon” vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi teatrni ta’mirlashga 5 mln dollar sarflaydi

Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh akademik o‘zbek musiqali drama teatrida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Majmuadagi qiymati 5 mln dollarlik bo‘lgan ishlarni O‘zbekiston moliyalashtiradi.

Toshkentda issiq suv o‘chiriladi (jadval)

Toshkentda 13 sentabrdan issiq suvni besh kunlik rejali o‘chirish boshlandi. Jarayon 8 oktabrgacha davom etadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplanadi

Prezident qarori bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab berilishi belgilandi. Shuningdek 15 sentabrdan boshlab ularga mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

O‘zbekistonliklarga notarius orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz olishga ruxsat berildi

Prezidenti farmoniga muvofiq, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlar olib tashlanmoqda. Jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2022−2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

Yagona portal orqali “tonirovka"ga ruxsatnoma olish boshlandi

YAIDXPda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (“tonirovkaga”) ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. 1 oktabrdan boshlab ruxsatnoma faqat onlayn tarzda beriladi (narxi 10 foizga pasaytirilgan). U elektron va qog‘oz shaklda taqdim etilishi mumkin.

Farg‘ona viloyatining ayrim hududlariga alohida tartibdagi soliq rejimi joriy etiladi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” a’zolari faoliyatiga chek qo‘yildi — IIV

Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxslar muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.