Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Barcha hududlarda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular fuqarolardan shikoyatlarni qabul qilib, inson huquqlari monitoringini yuritadi.

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘zida 951 gramm oltin yashirib o‘tayotganda ushlandi — India Today

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘iz bo‘shlig‘ida tish va metall zanjir ko‘rinishida 951 gramm oltin yashirganlikda ayblanib qo‘lga olindi.

USAID rahbari O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” haqidagi qarashlarini olqishlaydi.

Spot: Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar sharhi

Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.

Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHT sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etadi hamda Tojikiston, Rossiya, Pokiston, Eron rahbarlari bilan uchrashadi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi “Mirnaya missiya” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Mirnaya missiya — 2021” o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan boshlab Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi. 2022 yil 1 apreldan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, farmonga asosan hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi.

O‘zbekiston AQShdan Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qildi

Dushanba kuni 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida Toshkentga olib kelindi. YUNISEF umumiy hajmi 3064 litr bo‘lgan 8 ta muzlatgich sotib oldi, bu vaksinaning butun hajmini -70 daraja haroratda saqlash uchun yetarli.

Alisher Qodirov “Adolat” nomzodi bilan debatga tayyor — “Milliy tiklanish”

“Milliy tiklanish” partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. “Alisher Qodirov o‘zini joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz”, — dedi Bahodir Mamatxonov.

Reuters: AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqishni boshladi

12 sentabr kuni afg‘on uchuvchilari va boshqa xizmatchilari O‘zbekistonni tark eta boshladi. Ikkita samolyot Termiz aeroportidan BAAga jo‘nab ketganligi aytilmoqda.

Afg‘onistonlik barcha harbiylar va fuqarolar O‘zbekistonni tark etdi — TIV

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan barcha Afg‘oniston fuqarolari so‘nggi ikki kun ichida boshqa mamlakatga evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV rasmiy vakili.

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda

Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

O‘zbekistonga yana 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Polshadan AstraZeneca vaksinasining 252 ming dozasi olib kelindi. Shuningdek, bugun Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi.

O‘zbekistonda 500 kishi jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj

Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.

Shaxsiy tajriba. “Zangiota-2” koronavirus bemorlari shifoxonasida davolanganim haqida

Koronavirus pandemiyasi chekinishni boshladi, ammo “Zangiota-2” yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar hayoti uchun kurash to‘xtagani yo‘q. Tibbiyot muassasasi ichki tuzilmasi qanday tashkil etilganligi, bu yerda davolanish qanday kechishi, klinika nima uchun milliy tibbiyotning qayta uyg‘onishi deb atalishi va shifokorlar bu yerda to‘plangan tajribalar bilan nima qilishlari haqida “Gazeta.uz” fotoreportajida.

Dunyo siyosiy yetakchilari tomonidan yozilgan eng sara kitoblar

Dunyodagi ko‘plab davlat rahbarlari va siyosiy yetakchilar o‘z faoliyatlarini yakunlab, memuar asarlar yozishadi. Bunday kitoblarda siyosiy jarayonlardagi fikr va mulohazalardan tashqari, ularning shaxsiy hayotlarida ro‘y bergan ba’zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qilinadi. Kitobxonlar tomonidan e’tirof etilgan Benjamin Franklin, Li Kuan Yu, Margaret Tetcher, Mahatma Gandi va Barak Obama singari arboblarning muhim asarlari xaqida “Gazeta.uz” maqolasida.