Yil boshidan beri xorijda vafot etgan 323 nafar o‘zbekistonliklar jasadi olib kelindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekistonga 8 oy ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi qaytarildi. Agentlik shuningdek 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarning qaytarilishida ko‘maklashdi.

Yanvar-avgust oylarida qariyb 175 ming nikoh holatlari qayd etilgan

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.

“Asosiysi, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish” — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. “Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi u.

Marhum olim Andrey Kubatin Xalqaro turkiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi

Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi “Lesoparkovaya” metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat"dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.

Maktab o‘quvchilarining limondan tok olish tajribasini telekanal “kashfiyot” deb atadi

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” ko‘rsatuvida Namangandagi maktabda limondan elektr toki olish tajribasi ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda mazkur tajriba “kashfiyot” deya, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasi deb ataldi.

O‘zbekistonda Madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent, Xiva va Nukusda madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda. Forum dasturidan Kamoliddin Bexzod miniatyuralari ko‘rgazmasi, Jamol Usmonov suratlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston qo‘lyozmalari, shuningdek, arxeolog Leon Barshchevskiy fotoko‘rgazmasi o‘rin olgan.

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi. Uni o‘ldirganlikda boshqa sportchi gumonlanmoqda.

“Milliy tiklanish” partiyasi TikTok`ni butunlay bloklashni taklif qildi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov vafot etdi

Dushanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda O‘lmas Rasulov 70 yoshida vafot etdi.

Prezident seysmik xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Unda fuqarolarga ushbu sohadagi qonunchilik talablariga amal qilish va zilzilaga qarshi choralar ko‘rish majburiyatlari yuklangan.

Yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Platforma orqali saylov uchastkasini aniqlash va saylovda ko‘ngilli yoki trener sifatida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Prezidentlar bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yubordi

Seshanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yukini yubordi. O‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan ushbu gumanitar yordam muhtoj afg‘on oilalariga tarqatiladi.

Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga insonparvarlik yuki uchun minnatdorlik bildirdi. Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yordam mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.

“Trest-12” 11,5 mlrd so‘mdan ortiq dividendlar to‘laydi

“Trest-12” kompaniyasi 2020 yilgi sof daromadidan 11,51 mlrd so‘m miqdorida dividendlar to‘laydi. Aksionerlar orasidan joy olgan qurilish vazirining rafiqasi va o‘g‘liga 3,1 mlrd so‘m ajratiladi.

Andijonlik fuqaro shahar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanganini aytmoqda

Andijon shahar IIO FMB 4-son xodimlari tomonidan Andijonlik fuqaroning kaltaklangani aytilgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu bo‘limning sobiq xodimlari 2020 yilning noyabr oyida 44 yoshli erkakni qiynoqqa solganliklari uchun ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faqat O‘zbekiston rezide ntlariga ruxsat berish taklif etildi

Qonunchilik palatasi a’zosi Doniyor G‘aniyev faqatgina O‘zbekiston rezidentlariga bukmekerlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Deputat norezident bukmekerlarga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlash kerakligini ham aytdi. Shuningdek, u totalizatorlarni reklama va targ‘ibot qilishga ruxsat bermaslik hamda jismoniy shaxslar uchun “stavka"larning maksimum chegarasini belgilash taklifini ilgari surdi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi oktabr oyida bozorga chiqariladi

Jurabek Laboratories kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya vakilining aytishicha, preparat ichki bozorga oktabr oyida chiqadi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Bizniki kabi jamiyatlarda juda g‘alati qarash bor: ayol kishi yo oilada, yo karerada muvafaqqiyatli bo‘la oladi”. Viloyatlardan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (1-qism)

“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbat uyushtirdi. Ular qanday maqsad bilan poytaxtga kelganligi, jamiyatda ayollar va qizlarga bo‘lgan munosabat, atrofdagi stereotiplar hamda tengdoshlari va yosh qizlarga qanday maslahatlar berishlari haqida so‘zlab berishdi.