UNICEF 2,3 mln AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi insonparvarlik yordamini Afg‘onistonga yubordi. Bu haqda tashkilotning O‘zbekistondani vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yuklar ortilgan 16 ta mashinadan iborat karvon Surxondaryo viloyatidagi «Termez Cargo Centre» logistika markazidan jo‘nab ketdi.

Gumanitar yordam tarkibi og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun sanitariya-gigiyena vositalari to‘plami va uy-ro‘zg‘orda kerak bo‘ladigan xo‘jalik mollaridan tashkil topgan.

Foto