Polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabar berdi.

Tayinlovga qadar Amanbay Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Bu lavozimga yil boshida tayinlangan edi. U bunga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2016 yil avgust oyida Amanbay O‘rinboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Uning unvoni bu paytda podpolkovnik bo‘lgan.

Foto: «Na postu» / «Gazeta.uz»

Hozirga qadar Aytbay Temirxanov Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Uning qaysi lavozimga o‘tgani haqida ma’lumot berilmadi.