Siyosat

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
3 avgust 2023, 17:31

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori bo‘lgan.

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi
3 avgust 2023, 12:32

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.

Bir qator bank filiallari rahbarlari muammoli kreditlar sababli ishdan olindi
3 avgust 2023, 09:29

Bir qator bank filiallari rahbarlari muammoli kreditlar sababli ishdan olindi

Prezident muammoli kreditlar ko‘pligi sababli Markaziy bankning 2 viloyatdagi boshqarma boshliqlarini hamda bir qator bank filiallari rahbarlarini ishdan bo‘shatish tavsiyasini berdi. Shuningdek, u oilaviy kreditlar hisobidan texnika va mahsulotlar xarid qilish tizimini ham tanqid qildi.

16 nafar hokimning birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan mahrum bo‘ldi
2 avgust 2023, 21:57

16 nafar hokimning birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan mahrum bo‘ldi

Prezidentning Toshkent viloyatida o‘tkazgan yig‘ilishida Namangan shahri va 15 ta tuman hokimining 16 nafar birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Bunga ushbu hududlarda qashshoqlik darajasi yuqoriligi sabab qilib ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi
2 avgust 2023, 21:47

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi

Prezident 26 ta soliq inspeksiyasi rahbarlari, ikkita viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatish, shuningdek, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilish haqida topshiriq berdi. Soliq idoralari qo‘shimcha manba izlash o‘rniga “eski zamon kasaliga berilib ketishdi”, dedi u.

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi
2 avgust 2023, 20:17

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi
2 avgust 2023, 15:22

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida 27-iyul kungi yig‘ilishda Marg‘ilon shahri hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi. Ammo hokim 28-iyulda yordamchisi va kotibni rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi, hujjat keyinchalik yashirib qo‘yildi. Hokimlik farmoyishni viloyat prokuraturasi o‘rganayotganini bildirdi.

Nukus IIBning sobiq boshlig‘i Nukus tumaniga hokim bo‘ldi
2 avgust 2023, 11:52

Nukus IIBning sobiq boshlig‘i Nukus tumaniga hokim bo‘ldi

Ziyauatdin Zaitov Nukus tumani hokimi etib tasdiqlandi. U bungacha Chimboy tumani IIB boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani hokimi, Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. O‘tgan yilning iyul voqealari vaqtida Nukus shahri IIBni boshqargan.

Senat qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi
2 avgust 2023, 08:54

Senat qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Senatning 4-avgustdagi yalpi majlisida “Advokatura to‘g‘risida”, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yaxshilashga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritish ko‘rib chiqiladi.

Rasul Kusherbayev nima uchun O‘zLiDePdan ketishga qaror qilganini aytdi
1 avgust 2023, 19:00

Rasul Kusherbayev nima uchun O‘zLiDePdan ketishga qaror qilganini aytdi

Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP partiyasidan “o‘z o‘rnini ko‘rmayotgani uchun” ketishga qaror qilganini aytdi. U buni uzoq vaqtdan beri rejalashtirganini bildirdi. Internetda taxmin qilinganidek, uning boshqa partiyaga a’zo bo‘lish rejasi hozircha yo‘q.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari hamkorlikni muhokama qildi
1 avgust 2023, 18:22

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Toshkentda janubiy koreyalik hamkasbi Li Jong Sup bilan uchrashdi. The Korea Herald nashri uchrashuvdan mudofaa va qurol-yarog‘ sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingani haqida yozdi.

To‘ra Bobolov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
1 avgust 2023, 16:50

To‘ra Bobolov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi
1 avgust 2023, 15:32

Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Aybek Kamalov Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hokimi etib tayinlandi. U shu paytga qadar biznes-ombudsman devonining Qoraqalpog‘iston sho‘'basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

“O‘zatom” va “O‘zneftgazinspeksiya”ga rahbarlar tayinlandi
1 avgust 2023, 10:01

“O‘zatom” va “O‘zneftgazinspeksiya"ga rahbarlar tayinlandi

Baxram Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori, Ilxom Nimatullayev esa “O‘zneftgazinspeksiya” rahbari etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
1 avgust 2023, 08:57

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Alisher Shukurov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chdi
31 iyul 2023, 11:24

Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chdi

Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.

Hamkorlik yillariga oid mulohazalar: Matilda Dimovska O‘zbekistondagi tajribasi haqida
30 iyul 2023, 10:05

Hamkorlik yillariga oid mulohazalar: Matilda Dimovska O‘zbekistondagi tajribasi haqida

“Mamlakat xalqi gullab-yashnagan taqdirdagina rivojlanishi mumkin va pirovardida hammasi xalqqa berilgan imkoniyatlarga bog‘liq”. Missiyasini yakunlayotgan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska rukni.

Prezident 15 nafar IIB boshlig‘i va 5 nafar prokurorni ishdan oldi
28 iyul 2023, 16:07

Prezident 15 nafar IIB boshlig‘i va 5 nafar prokurorni ishdan oldi

Prezident 15 ta tuman (3 tasi poytaxtda) IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlarini lavozimidan ozod qildi. Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari va IIV rahbarining ikki o‘rinbosariga hayfsan berildi, raqamlashtirish uchun mas’ul o‘rinbosar Najmiddin To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
27 iyul 2023, 23:18

Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi
27 iyul 2023, 21:31

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi

Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting