Azizbek Ikramov Isroilovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hukumatga yaqin “Manba” Telegram-kanalida xabar qilindi.

U bunga qadar u 2021-yil aprelidan buyon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi ishlar ahvoli qoniqarsizligini ta’kidlab, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i M.Jo‘rayevni lavozimidan ozod etgan edi.