Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chirildi. Hozirda u poytaxtning Islom Karimov ko‘chasi 45A manzilidagi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga joylashdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga TIV xodimlari ma’lum qildi va vazirlik matbuot xizmati buni tasdiqladi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov Twitter`da “ochiq va shaffof diplomatiyaga sodiqligimizni aks ettiruvchi ushbu bino mehmondo‘st va qulay joy bo‘lishi uchun yaratilgan”, deya yozib qoldirdi.

ижтимоий himoya milliy agentligi, сенат, тив
Foto: twitter.com/FurqatSidiq.

Yil boshida o‘tkazilgan ma’muriy islohotlar doirasida sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tugatildi (ayrim funksiyalari va xodimlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, boshqalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazildi).

Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vazirligi avval Markaziy univermag (SUM)dan uncha uzoq bo‘lmagan Islom Karimov (sobiq O‘zbekiston) ko‘chasidagi binoda joylashgan edi. Prezident adminstratsiyasi Mustaqillik maydonidagi Senatning sobiq binosiga ko‘chirilgach, TIV binosi Senat tasarrufiga o‘tkazildi. Shundan so‘ng 2018-yil iyun oyida vazirlik Xalq banki va shahar hokimligining sobiq binosiga ko‘chirildi. 2021-yil boshida esa Senat vazirlikning to‘liq ta’mirlangan binosida ish boshladi.

ижтимоий himoya milliy agentligi, сенат, тив
Avvalgi Tashqi ishlar vazirligi joylashgan bino. Foto: “Gazeta.uz”.

“Gazeta.uz”da mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligining binosi o‘rnida yangi tashkil etilgan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.