Xalq deputatlari Nukus tumani kengashining 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida hududga yangi hokim tasdiqlandi. Sessiyada Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi, deb xabar qildi respublika parlamenti matbuot xizmati.

nukus tumani, qoraqalpog‘iston, ziyauatdin zaitov

Kengash Ziyauatdin Imamatdinovich Zaitovni tuman hokimi lavozimiga tasdiqladi.

O‘tgan yillar davomida Chimboy tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2022-yil 1−2-iyul voqealari vaqtida Nukus IIB boshlig‘i bo‘lgan (ushbu voqealar bo‘yicha sudda ishtirok etgan).

Nukus tumanining avvalgi hokimi Umirbay Amanbayevich Usnatdinov edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus shahriga Abatbay Daniyarov hokim (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan) bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, bir kun avval Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumaniga yangi hokim etib Aybek Kamalov tasdiqlangan.