Siyosat

Oliy ta’lim vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimlariga nomzodlar ma’qullandi
14 yanvar 2021, 10:14

Oliy ta’lim vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimlariga nomzodlar ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Abduqodir Toshqulovning nomzodinia Oliy ta’lim vaziri lavozimiga, Sherzod Hidoyatovni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullashdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi
13 yanvar 2021, 23:52

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» lavozimidan ozod etildi.

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
13 yanvar 2021, 16:48

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
13 yanvar 2021, 16:15

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ma’lumotga ko‘ra, Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tadi. Botirjon Sulaymonov esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
12 yanvar 2021, 22:30

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi
12 yanvar 2021, 21:33

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

Davlat rahbarining hududlarning huquq ustuvorligi indeksini joriy etishga oid qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator hamda 182 ta mezon belgilab berilmoqda. Indeksni aniqlash natijalari har yili 1-mayga qadar aniqlanadi va OAVda e’lon qilinadi.

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi
11 yanvar 2021, 15:10

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi
8 yanvar 2021, 12:14

Tramp o‘z mag‘lubiyatini to‘liq tan oldi

Donald Tramp saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqilishiga erisha olmaganini tan oldi va asosiy e’tiborini hukumatni Jo Baydenga opshirishga qaratishini ta’kidladi. U Kongress binosiga hujum uyushtirganlarni qoralab, aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etiladi
8 yanvar 2021, 11:30

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etiladi

Prezident qaroriga asosan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash hamda hududiy kengashlar tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, 1-aprelgacha kasbiy standartlarning yagona ochiq portali ham yaratiladi.

29 yil deganda ilk bor madaniyatga oid qonun ishlab chiqildi
7 yanvar 2021, 16:11

29 yil deganda ilk bor madaniyatga oid qonun ishlab chiqildi

Senatorlar madaniyat sohasiga oid qonunni ma’qulladi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, «Avvallari bu sohada yakdil, uning hamma yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qonun darajasidagi hujjat bo‘lmagan».

Transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
6 yanvar 2021, 16:44

Transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Transport vazirining o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etildi.

Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga hayfsan va qurilish vaziriga ogohlantirish berildi
6 yanvar 2021, 13:04

Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga hayfsan va qurilish vaziriga ogohlantirish berildi

Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari raisligidagi yig‘ilishdan keyin uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliiyev lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan va qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berildi.

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
4 yanvar 2021, 10:03

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi
1 yanvar 2021, 13:48 4

Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi

O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi. Unda prezident administratsiyasining rahbariyati tarkibi bilan tanishish mumkin.

Prezident: «Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davom etamiz»
1 yanvar 2021, 00:02

Prezident: «Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davom etamiz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi. «Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ulkan ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?
31 dekabr 2020, 21:44

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?

Andijon hokimi ish joyida, Sirdaryo hokimi navbatchi, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo hokimlari oila davrasida. O‘zbekistonda viloyat hokimlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj
31 dekabr 2020, 19:49

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun Senat saytida e’lon qilindi
30 dekabr 2020, 12:51

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun Senat saytida e’lon qilindi

Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.

O‘zbekistonda avtomobil karshering xizmatlari uchun imkoniyat yaratildi
30 dekabr 2020, 12:25

O‘zbekistonda avtomobil karshering xizmatlari uchun imkoniyat yaratildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda karshering tashkilotlari faoliyatiga imkoniyat berildi. 10 yanvardan avtomototransport vositalarini ushbu tashkilotlaridan 30 kungacha ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Ushbu tashkilot avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting