O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga navbatdagi murojaatnomasi 29 dekabr kuni Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat rahbarlari, jamoatchilik vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda qatnashgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri Abdullo Yodgorov davlat rahbarining to‘rtinchi murojaatnomasini fototasvirlarga muhrladi.

Tadbir avvalida deputatlar, senatorlar, vazirlar, davlat arboblari, idora va tashkilotlar rahbarlari, hokimlar, madaniyat va sport vakillari, yoshlar, qolaversa, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari va ekspertlar tashrif buyurib, bir-birlari bilan qizg‘in suhbat qurishdi. So‘ngra ular o‘zlariga belgilangan joylarni to‘ldira boshlashdi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev (o‘rtada) va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori Eldor Tulyakov (o‘ngda).

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari (o‘ngdan chapga) — Akmal Saidov, Aktam Haitov, Alisher Qodirov, Ulug‘bek Inoyatov.

Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murotjon Azimov va Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev.

Prezidentning islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Rustam Inoyatov.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev. U marosim davomida fotograflarni ko‘zdan qochirmadi, uni kim suratga olayotganini bilib olish maqsadidami, sinchkovlik bilan kuzatib turdi.


Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ham o‘zini suratga olayotganlarni nigohi bilan kuzatib yurdi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev.

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov.

«Shuhrat» medali sohibi Dilshodbek Haydarov.

Bosh vazir Abdulla Aripov.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev murojaatnomani boshlash uchun marosimga tashrif buyurdi.

Sportchilar Nigora Tursunqulova, Dmitriy Shokin.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilни — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qildi.

O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov (chapdan ikkinchi).

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov.

Teleoperator Mirhalil Mirjalolov.


Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev.

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor.

O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov (markazda).

Davlat rahbarining nutqi yakuniga yetgach, O‘zbekiston madhiyasi kuylandi.



Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

DXX raisi Abdusalom Azizov va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov. Shu rasmdan so‘ng, ular bizni yana rasmga olishayapti deya, bir-biriga qarab kulib qo‘yishdi. Vazir esa suratga kim olayotganiga qiziqqandek, qarab qo‘ydi.


O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov. «Gazeta.uz» fotomuxbirining ta’kidlashicha, vazir AQSH elchisiga bu yil og‘ir kelgani va o‘zbek xalqi yangi yil kirishini intiqlik bilan kutayotganini aytgan.

O‘z navbatida, AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum ham buni tasdiqlab, umuman butun jahon 2020 yil tezroq tugashini kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.

Jurnalist Dilobar Yoqubova va bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muxammadiyev.

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev jurnalistlarga Andijon va Jizzaxdagi tender savdolarida agar faqat manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan bo‘lsa, bunga qonunchilikda hech qanday jazo belgilanmaganini tushuntirmoqda.

Bloger, huquqshunos, O‘zA direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev esdalik uchun rasmga tushmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov va Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Aktam Xaitov.