Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri o‘rinbosari Dehqonov Davron To‘lqinovich 4 yanvar kungi hukumatdagi yig‘ilishdan so‘ng prezident farmoniga asosan lavozimidan ozod qilingan. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi bu xabarni tasdiqladi.

Oldinroq, prezident farmoni bilan Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyev lavozimidan ozod etilgani, qurilish vaziri Botir Zokirov ogohlantirish olgani va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan berilgani haqida xabar bergan edik.