Oliy Majlis Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.

Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 24 noyabr kuni ma’qullangan va hozirda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Ishchi guruhi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zgartishlar Konstitutsiyaning sud tizimiga oid 107-moddasi 1-qismiga tegishli. Ushbu moddaning yangi tahririda O‘zbekistonda sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratligi ta’kidlangan.

Ushbu qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaning ba’zi moddalarida «qonun hujjatlari» va «qonun» so‘zlarini «qonunchilik» so‘ziga almashtirish nazarda tutilgan.

Dopolnitelno v nekotorыx statyax Konstitutsii planiruyetsya zamenit slovo «zakonodatelstvo» na «zakonы» i «zakonodatelnыye aktы».

Ushbu o‘zgartishlar prezidentning 24 iyuldagi farmonining bajarilishi doirasida joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Senat ushbu qonunni 18 dekabr kuni yalpi majlisida ko‘rib chiqishi kerak edi, lekin internetda parlament Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni har taraflama muhokamadan keyin (128-modda) qabul qilishi mumkinligi eslatilganligi bois, kun tartibidan chiqarilgan edi.