Baxodir Ro‘ziboyev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari o‘z lavozimidan ozod etildi. Ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz» manbasi tasdiqladi.

Baxodir Qo‘chqorovich Ro‘ziboyev 1964 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.

1985 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

2008−2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Kapital qurilish va qurilish ishlarini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2009−2014 yillarda mazkurning vazirlikning Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

2014−2018 yillarda «UZGIP» MCHJ direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 8 maydagi qarori bilan u Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.