O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, bu prezidentning ushbu lavozimga saylangan 2016 yildan buyon ikkinchi mehnat ta’tili.

2019 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoyev 14 yillik bosh vazir va 3 yil (o‘sha vaqtda) prezidentlik lavozimidagi faoliyatida birinchi marotaba ta’tilga chiqqani haqida xabar berilgan edi.