Siyosat

«Saylov kuchli raqobat ruhida kechdi» — «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov
26 oktabr 2021, 11:35

«Saylov kuchli raqobat ruhida kechdi» — «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov

«Adolat» SDP prezidentlik saylovi «yangi O‘zbekistonga xos mutlaqo yangi siyosiy-huquqiy muhitda o‘tkazilganini» ma’lum qildi. «Ushbu prezidentlik saylovi ilk bor Saylov kodeksi asosida tashkil etilgani bilan ham ahamiyatlidir. U tenglik, ochiqlik va oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, muqobillik, kuchli raqobat ruhida kechdi», — deyiladi xabarda.

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida
26 oktabr 2021, 10:58

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida

Sherzodxon Qudratxo‘ja prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval bildirilgan tabriklar MSKni ham hayron qoldirganini ta’kidladi. «Yaxshi xabar tez tarqaladi. Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha», — deydi u.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi
26 oktabr 2021, 10:11

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezident saylovlari bo‘yicha bayonot berdi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida «AQSh O‘zbekiston xalqini o‘z saylov huquqidan foydalanishda qo‘llab-quvvatlashi» va «hukumat bilan kelgusida hamkorlik qilish tarafdori» ekanini ma’lum qildi.

«Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz» — Shavkat Mirziyoyev
25 oktabr 2021, 22:58

«Yangi O‘zbekistonni hammamiz birgalikda quramiz» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev saylovdagi raqiblari bildirgan takliflar albatta inobatga olinishini ma’lum qildi. «Biz kecha raqobat qilgan bo‘lsak, endi bir musht bo‘lib harakat qilishimiz kerak», — dedi u. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va tanqidlarni «hayotimiz o‘zgargani, demokratik islohotlar natijasi» deb atadi. Shavkat Mirziyoyev g‘alabasini nishonlash marosimidan fotosuratlar.

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 oktabr 2021, 22:01

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan prezidentlikka qayta saylanishi, YeXHT va Yevropa parlamentining hamkorlikdagi missiyasi “ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar” kuzatilganini qayd etishi, dunyo davlatlari rahbarlarining Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigi — “Gazeta.uz"ning 25 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g‘alaba» bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 21:53

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini «tarixiy g‘alaba» bilan tabrikladi

Prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodov Ekopartiyaning davlat rahbari saylovida ilk bor ishtirok etishini «tarixiy g‘alaba» deb atadi. U Shavkat Mirziyoyevni g‘alabasi bilan tabriklab, «Partiya saylangan prezidentning barcha g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini» aytdi.

Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 19:38

Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

“Milliy tiklanish"dan nomzod Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U “xalqning farovonligi yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda faoliyat ko‘rsatish lozimligini” ta’kidladi.

«„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi» — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 19:08

«„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi» — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U «saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olishini» aytdi. «Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan „Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi», — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.

Shavkat Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlaridan tabriklar qabul qilmoqda
25 oktabr 2021, 18:36

Shavkat Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlaridan tabriklar qabul qilmoqda

Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni saylovda g‘alaba qozonib, qaytadan O‘zbekiston prezidentligiga saylangani bilan muborakbod etmoqda.

«Menga ishonch bildirganingiz uchun ta’zim qilaman» — Shavkat Mirziyoyev
25 oktabr 2021, 17:56

«Menga ishonch bildirganingiz uchun ta’zim qilaman» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev unga ovoz bergan saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi. «Xalqimizning 80 foizdan ko‘pi saylovda ishtirok etgani, ularning yangi O‘zbekistondagi ertangi kuniga befarq emasligidan dalolat», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

«Camarali islohotlarga qaramay, saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi» — YeXHT va PA missiyasi
25 oktabr 2021, 17:48

«Camarali islohotlarga qaramay, saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi» — YeXHT va PA missiyasi

YeXHT va Yevropa parlamentining hamkorlikdagi missiyasi «ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar» kuzatilganini qayd etdi: ko‘plab saylovchilar tegishli tartiblar qo‘llanilmagan tarzda saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shilgan, hujjatlarsiz saylov byulletenlari topshirilgan, boshqalar nomidan ovoz berish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bir qator saylov uchastkalarida kuzatuvchilar bir nechta byulletenlar tashlangan vaziyatlarga ham guvoh bo‘lishgan.

«Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora» — MDH, SHHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida
25 oktabr 2021, 17:38

«Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora» — MDH, SHHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida

O‘zbekistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vakillari saylovlar «yuqori siyosiy, huquqiy va tashkiliy darajada o‘tganini» ta’kidladi. Ular shuningdek, mazkur saylovlar «raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora bo‘lganini, demokratik saylovlarning umumiy e’tirof etilgan tamoyillariga to‘la javob berganini» qayd etishdi.

Toqayev Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 16:21

Toqayev Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan iliq tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan prezidentlikka qayta saylandi
25 oktabr 2021, 16:21

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan prezidentlikka qayta saylandi

Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1% foiz ovozi bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi, deya xabar berdi MSK rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayev. U saylovda nomzodlar o‘rtasida xalqaro standaortlarga mos haqiqiy raqobat bo‘lganligini ta’kidladi.

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 15:23

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan telefonda muloqot qilib, uni prezidentlik saylovlaridagi «ishonchli g‘alabasi» bilan tabrikladi.

Putin Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 oktabr 2021, 14:33

Putin Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi «ishonchli g‘alabasi» bilan tabrikladi.

2022 yil 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi
25 oktabr 2021, 12:02

2022 yil 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi

2022 yildan 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshirilsa, 2023 yildan majburiy sug‘urtaning barcha turlarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. 2022 yil 1 iyuldan esa inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqariladi.

Qodirov ovoz bergan uchastkada Mirziyoyev katta farq bilan g‘alaba qozondi. Reportaj
25 oktabr 2021, 11:54

Qodirov ovoz bergan uchastkada Mirziyoyev katta farq bilan g‘alaba qozondi. Reportaj

«Gazeta.uz» muxbiri «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod Alisher Qodirov ovoz bergan Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan 83-maktabdagi 116-saylov uchastkasida ovozlarni sanash jarayonini kuzatdi. O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev ushbu uchastkada 88% ovoz to‘pladi.

Reyting: O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi
25 oktabr 2021, 11:25

Reyting: O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlarning umumiy soni bo‘yicha reytingda 62-o‘rinni egalladi, hozir muassasalarda 22 867 nafar shaxs jazo o‘tamoqda. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi va bu boradagi reytingda esa O‘zbekiston 179-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

20:00 ga qadar 80,8% saylovchilar ovoz berdi
24 oktabr 2021, 22:14

20:00 ga qadar 80,8% saylovchilar ovoz berdi

Soat 20:00ga qadar prezident saylovida ovoz berganlar 80,8%dan oshdi. Dastlabki natijalar ertaga e’lon qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting