20:00 ga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi 19 mln 859 ming 127 nafar saylovchilardan 16 mln 036 ming 914 nafari, ya’ni 80,8 foizi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev xabar berdi.

Xorijdagi ayrim saylov uchastkalari hali ishlayotgan bo‘lib, ularning so‘nggisi 25 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 6:00 da Nyu-Yorkda yopiladi.

Saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25 oktabr kuni e’lon qilinadi.