Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi
8 noyabr 2021, 23:41

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevga Qarag‘anda viloyatidagi konda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

8 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 noyabr 2021, 22:53

8 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod qilinishi va yangi hokim tayinlanishi, yangi chiqarilgan qaror va farmonlar, prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlar — “Gazeta.uz"ning 8 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Endi hokim kengash rahbari bo‘lmaydi — prezident
8 noyabr 2021, 21:24

Endi hokim kengash rahbari bo‘lmaydi — prezident

Prezident xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlarini aniq belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish vaqti kelganini aytdi. Unga ko‘ra, «endi kengash rahbari ijroiya organi rahbari bo‘la olmaydi».

«Kelishilmagan xarakatlar». Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi boshqa ko‘plab savollarni keltirib chiqardi
8 noyabr 2021, 15:58

«Kelishilmagan xarakatlar». Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi boshqa ko‘plab savollarni keltirib chiqardi

«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.

O‘zbekiston va Avstriya TIVlari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi
8 noyabr 2021, 15:53

O‘zbekiston va Avstriya TIVlari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Navoiy viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
8 noyabr 2021, 13:03 1

Navoiy viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda. Aprel oyida prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hayfsan bergan edi.

O‘zbekiston Britaniyaning Umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini oldi
8 noyabr 2021, 09:44

O‘zbekiston Britaniyaning Umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini oldi

Buyuk Britaniya O‘zbekistonga «UK GSP Enhanced Framework» Umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha benefitsiar mamlakat maqomini taqdim qildi. Ushbu maqom keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtirishi va ularning raqobatbardoshligini oshirishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga borishi kutilmoqda
7 noyabr 2021, 19:27

Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga borishi kutilmoqda

Dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida aytildi.

«Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
6 noyabr 2021, 15:21

«Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident kelgusi besh yilda tinchlik va xavfsizlik masalalari hamda xalqaro hamkorlar bilan aloqalar yanada mustahkamlanishigi ma’lum qildi. «Biz — dunyoga, dunyo — bizga ochiq bo‘lishi kerak. Bugungi hayot, bugungi taraqqiyotning talabi ham aslida shu», — dedi u.

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi
6 noyabr 2021, 14:59

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U o‘z vaqtida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari hamda vazir sifatida ham faoliyat yuritgan.

Konstitutsiyani takomillashtirish taklifi bildirildi
6 noyabr 2021, 12:54

Konstitutsiyani takomillashtirish taklifi bildirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyaga bag‘ishlangan marosimda Konstitutsiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratdi. «Tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz», — dedi u.

«Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar — bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi» — prezident
6 noyabr 2021, 11:51

«Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar — bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev qasamyoddan so‘ng nutq so‘zlab, prezidentlik lavozimiga birinchi marta kirishganida aytgan so‘zlarini yodga oldi: «Menga soxta va balandparvoz gaplarning keragi yo‘q», — dedi u. Qolaversa, u saylovoldi uchrashuvlarda bildirilgan hududlarni rivojlantirishga oid takliflar yillar davomida aniq dasturlar bo‘yicha amalga oshirilishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi
6 noyabr 2021, 11:03

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi

oktabrda prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi va yana davlat rahbari lavozimini bajarishga kirishdi.

5 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 noyabr 2021, 22:02

5 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda changli tuman haqida O‘zgidromet izohi va SSV maslahatlari, Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga teatr qurilishi, “O‘zbekneftgaz” London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishi — “Gazeta.uz"ning 5 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni bo‘lishi kutilmoqda
5 noyabr 2021, 10:39

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni bo‘lishi kutilmoqda

O‘zLiDeP partiyasidan O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni Senatning yangi binosida bo‘lishi kutilmoqda.

Bosh vazir maslahatchisi va AKT vaziri vazifasidan ozod etildi
4 noyabr 2021, 17:57

Bosh vazir maslahatchisi va AKT vaziri vazifasidan ozod etildi

Bosh vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon Umarov va AKT vaziri Shuhrat Sadikov lavozimlaridan ozod etildi. Bu ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklash bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini oldi
4 noyabr 2021, 11:35

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini oldi

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkilotining 73-doimiy kuzatuvchisi bo‘ldi. Mamlakat 9−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tashkilot Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etishga taklif qilindi.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
4 noyabr 2021, 10:54

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi

Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 noyabr 2021, 22:47

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qabul qilingan hukumat qarorlari, “O‘zkomnazorat” Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklashi, mazkur holatdan prezidentning xabar topishi — “Gazeta.uz"ning 3 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi
3 noyabr 2021, 22:10

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi

«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting