Samarqandda «Minsk» xiyobonidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 iyun 2021, 16:56

Samarqandda «Minsk» xiyobonidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqanddagi «Minsk» xiyobonida qurilish uchun hujjatlar soxtalashtirilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahalla aholisi, faollar va deputat xabar qilishicha, quruvchi kompaniya uy-joy, bolalar bog‘chasi va savdo binolarini noqonuniy ravishda qurmoqda.

Dollarning rasmiy kursi olti kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi
16 iyun 2021, 16:29

Dollarning rasmiy kursi olti kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pasaydi va jami 10 590,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi
16 iyun 2021, 16:11

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi

Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.

Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” sohasida magistraturaga qabul boshlandi
16 iyun 2021, 15:00

Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” sohasida magistraturaga qabul boshlandi

2021 yil avgust oyidan boshlab Toshkentdagi Webster universiteti “Ta'lim va innovatsiyalar” yo’nalishida yangi bir yillik magistratura dasturini (MA EDIN) yo’lga qo’yadi.

Sirdaryo viloyati IIB rahbari tayinlandi
16 iyun 2021, 14:09

Sirdaryo viloyati IIB rahbari tayinlandi

Shuhrat Buronov Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. U bundan avval Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlagan o‘quvchilar ota-onalarining roziligi bilan borganligi aytildi
16 iyun 2021, 13:43

Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlagan o‘quvchilar ota-onalarining roziligi bilan borganligi aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-maktabda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar maktabni ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi aytildi. 5 nafar qiz-o‘quvchilar esa yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida maktabga kelganligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilar o‘zi va ota-onalarining ixtiyoriga zid ravishda ta’mirlash ishlariga jalb qilinmaganligini ta’kidladi.

TATU rektori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi
16 iyun 2021, 11:29

TATU rektori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Baxtiyor Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bundan avval u Elektromagnit moslashuv markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Kecha O‘zbekistonda 350 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi
16 iyun 2021, 11:24

Kecha O‘zbekistonda 350 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 463 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 342 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Aydar-Arnasoy ko‘lida turistik zona tashkil etiladi
16 iyun 2021, 11:07

Aydar-Arnasoy ko‘lida turistik zona tashkil etiladi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.

Jizzaxda Nexia yuk avtomobiliga urildi. Ikki kishi vafot etdi
16 iyun 2021, 09:45

Jizzaxda Nexia yuk avtomobiliga urildi. Ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida Nexia va SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Xalqaro tashkilotlar loyihalari davom etishi uchun normativ hujjat qabul qilish kerak — Tanzila Narbayeva
16 iyun 2021, 09:16

Xalqaro tashkilotlar loyihalari davom etishi uchun normativ hujjat qabul qilish kerak — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar tugaganidan so‘ng qilinadigan ishlar to‘xtab qolmasligi uchun normativ-hujjatlar qabul qilish kerakligini ta’kidladi. «Bu loyiha yutuqlarini mamlakatning boshqa hududlarida ham tadbiq etishga yordam beradi», — dedi u.

“Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman”. Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yini haqida
16 iyun 2021, 01:34

“Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman”. Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yini haqida

“Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoyim”, — deydi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida. U muxlislarning ishonchini oqlolmagani uchun uzr so‘radi.

O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yutqazib, Jahon chempionatidan quruq qoldi
16 iyun 2021, 00:58

O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yutqazib, Jahon chempionatidan quruq qoldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi gollarga Salman Alfaraj va Ali Alhassan mualliflik qilishdi. 25, 33 va 52-daqiqada urilgan gollar saudiyaliklarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichiga o‘tolmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 iyun 2021, 23:43

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroilda niqob taqish rejimining bekor qilingani, Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi chegarani robotlar qo‘riqlashi, Yaponiyadagi muxolifatning hukumatga ishonchsizlik votumini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yangiqo‘rg‘onda tadbirkorning qo‘ylari tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi
15 iyun 2021, 22:07

Yangiqo‘rg‘onda tadbirkorning qo‘ylari tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mahalliy tadbirkorga tegishli qo‘ylar podasi tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi. Tadbirkor tuman ma’muriyatidan talab qilgan yerni ajratmaganidan norozi bo‘lgan. Hokimlik unga ikkita yer maydonini tanlashni taklif qilishganiga aniqlik kiritdi, ammo u taklif qilingan variantlardan bosh tortgan.

15 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyun 2021, 20:30

15 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi haqidagi qonun, yangi tayinlovlar, Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatilishi, kameraning xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilayotgan matbuot xizmati xodimi — «Gazeta.uz»ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi
15 iyun 2021, 19:10

Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi

Prezident BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Amirliklarning davlat boshqaruvi tajribasi bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Qolaversa, delegatsiya tomonidan Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha yangi loyiha taklifi bildirilgan.

Yanvar-may oylarida 570,6 mlrd so‘mlik mulk auksionda sotildi
15 iyun 2021, 18:17

Yanvar-may oylarida 570,6 mlrd so‘mlik mulk auksionda sotildi

Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda
15 iyun 2021, 17:41

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda qozonxonalar modernizatsiyasiga «KER-Holding» jalb qilinadi
15 iyun 2021, 16:48

O‘zbekistonda qozonxonalar modernizatsiyasiga «KER-Holding» jalb qilinadi

O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting