15 iyun kuni Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa soat 18:20 larda Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, E.Q. (1995 y.t.) boshqaruvidagi Nexia avtomobili, haydovchi D.E. (1974 y.t) boshqaruvida bo‘lgan SHACMAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.


Oqibatda Nexia haydovchisi E.Q. va avtomobil yo‘lovchisi D.N. (1987 y.t) turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari, A.S. (2010 y.t.) va A.A. (1994 y.t.) tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.