Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatidan quruq qoldi.

“Saudiya Arabistonini tabriklayman. Jahon chempionatiga yo‘llanma olishini tilayman. Bizning jamoani ko‘pchilik muxlislarimiz qo‘llab quvvatlashdi. Ularning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman”, — deydi Abramov.

Vadim Karlenovichning ta’kidlashicha, futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmagani uning xatosi. “Boshidan nima uchun bunchalik bo‘shashganimizni tushuntirib berishim qiyin”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

“Biz Saudiyaning qarshi hujumda tez harakat qilishini bilardik. Shunga qarab qanotlarni kuchaytirdik. Lekin oldinga o‘tib ketib birinchi va ikkinchi gollarni qabul qilib oldik. Raqiblarimiz juda osonlik bolan darvozamizga yo‘l topa oldi”, — deydi Vadim Abramov.

O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng eng yaxshi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar ichida 7-o‘rinni egalladi. Ular Ummon, Iroq, Vetnam, Xitoy, Livan hamda Tojikistondan keyingi o‘ringa ega chiqdi. Shu tariqa O‘zbekiston Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatidan quruq qoldi.