15 iyundan 16 iyunga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichi doirasida oltinchi o‘yinini Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Salman Alfaraj gol urib, Saudiya Arabistoni terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning 33-daqiqasida yana o‘sha Alfaraj gol urib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 2-bo‘limning 52-daqiqasida Ali Alhassan O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib hisobni uchtaga oshirdi.

Mazkur bahsdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 15 ochko bilan 2-saralash bosqichida 2-o‘rinni egalladi va 3-saralash bosqichiga chiqa olmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar ichida 7-o‘rinni egalladi. Ular Ummon, Iroq, Vetnam, Xitoy, Livan hamda Tojikistondan keyingi o‘ringa ega chiqdi. Shu tariqa O‘zbekiston Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatidan quruq qoldi.

To‘liq o‘yin

Foto

Barcha fotolar: O‘FA matbuot xizmati