Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 17 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 25,56 so‘mga pasaydi va 10 590,46 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 29,93 so‘mga pasaydi va 12 840,93 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,56 so‘mga pasaydi va 147,20 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 7,02 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 616,02 so‘mni tashkil qilgandi.