21-asrda yashash va ishlash tafakkur, ta’sirchanlik hamda harakatning yangi paradigmalarini talab qiladi. Shuning uchun ushbu dastur ta’limni loyihalash va innovatsion sohalarda bilim va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur jamoat, xususiy va notijorat sohalaridagi menejerlar, murabbiylar, o’qituvchilar va boshqa mutaxassislar uchun mo’ljallangan.

Ushbu sohani tugatgan magistrlar o’quv muhitida, ta’limdan tashqari faoliyatda va jamoat loyihalarida yangilik madaniyatini rivojlantirishga qodir bo’lishadi. Ular buni quyidagicha amalga oshirishadi:

  • transformativ ta’lim uchun fanlararo yondashuv hamda milliy va global muammolarga ekologik barqaror yechimlarni berish uchun o’qitish usullari va texnologiyalarini qo’llash orqali;

  • loyiha guruhlari rahbarlari va o’quv jarayonlari koordinatorlarining malakalarini rivojlantirish orqali;

  • pedagogik va boshqaruv maqsadlarida ijodiy, innovatsion fikrlashni rag’batlantirish va rivojlantirish orqali;

  • kasbiy amaliyotni va liderlikni doimiy ravishda takomillashtirish orqali.

MA EDIN dasturi asosan ijodkorlik, dizayn tafakkurini (biznes va boshqa muammolarni hal qilish metodologiyasi) hamda multimedia va transformatsion ta’limni rivojlantirishga qaratilgan. Bularning barchasi bitiruvchilarga ta’lim muhitida turli xil yetakchilik funksiyalarini bajarishga imkon beradi.

Texnologiya, ijodkorlik va innovatsiya MA EDIN’ning asosiy tarkibiy qismidir, bu esa o’z navbatida magistrantlarga o’quv loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun keng ko’lamli texnik vositalardan foydalanishga imkon beradi.

MA EDIN bitiruvchilari o’quv yili oxirida quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishadi:

  • o’quvchilarni dars jarayoniga to’liq jalb qilish, yangi dars turlarini yaratish, o’quv dasturlarini tuzish, o’qitish vositalarini tayyorlash;

  • obyektiv baholash uchun topshiriqlar tuzish, baholashni o’tkazish, barcha talabalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda darslarni rejalashtirish;

  • ta’lim sohasidagi ijodiy va innovatsion jarayonlarni uyg’unlashtirish;

  • o’quvchilarda tanqidiy fikrlash va mustaqillikni rivojlantiradigan transformasion ta’limni rivojlantirish.

Ushbu yo’nalish bo’yicha o’qish istagini bildiruvchilar loyihalash, o’quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash, tadqiqot va taqdimot qobiliyatlarini chuqur biladigan o’qituvchilar, ta’lim menejerlari va boshqa tashkilot vakillari bo’lishi mumkin.

Universitetning Toshkent filialida dars berish uchun AQSh va dunyoning boshqa OTMlaridan tajribaga ega o’qituvchilar taklif qilingan. Webster universitetining magistr darajasi butun dunyoda tan olingan va O’zbekistonda nostrifikatsiyani talab qilmaydi.

Ushbu platforma orqali arizani to’ldirishingiz mumkin.

Telefon: (+998) 93−151−61−03.

Batafsil ma’lumot uchun: webster.uz

Reklama huquqlari asosida.