Toshkent shahri va viloyati onkologiya kasalxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi

Onkologik kasalliklar bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar poytaxt va Toshkent viloyati filiallariga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangani qayd etildi. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. «Natijada salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo‘lishining oldi olinadi», — deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati.

Integrallashgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Hukumat va YUNISEF ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha loyihani yo‘lga qo‘ydi. U tarqoq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘rniga, fuqarolarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga oladigan tizimni yaratishga yordam beradi.

Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetiga rahbar bo‘ldi

Maktabgacha ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi

Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.

Chekka hududlardagi ayollarga go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi

Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o‘zgartiriladi

Deputatlar Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini chegaralarini o‘zgartirish, jumladan, viloyatning 17359,1 gektar maydonini bir xududdan boshqa xudud tarkibiga o‘tkazishga oid masalani ko‘rib chiqdi. Bu anklav hududlarni tugatish va mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Vaxobjon Rajapov xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari vazifasiga Vaxobjon Rajapov tayinlandi. U bungacha Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi

Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.

Oliy sud Bobur ko‘chasidagi 7-uyning himoyachilari foydasiga qaror chiqardi

Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning мuрожаатиқаноатлантирилмади. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.

2020 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimiyat huzurida boshqaruv kompaniyasi tuzishni taklif qildi

Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.

Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Migrantlar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lib turish muddati 30 sentyabrga qadar uzaytirildi

Chet elliklar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lish muddati 15 iyundan 30 sentyabrga qadar uzaytirildi. Noqonuniy migrantlar 30 sentyabrga qadar deportatsiya qilinmaydi va ularga jarima solinmaydi. Ushbu sanaga qadar ular o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari yoki mamlakatdan erkin chiqib ketishlari mumkin.

O‘zbekistonda qozonxonalar modernizatsiyasiga «KER-Holding» jalb qilinadi

O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.

Ishtixon hokimiyati matbuot xizmati xodimi jurnalist kamerasining xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

Yanvar-may oylarida 570,6 mlrd so‘mlik mulk auksionda sotildi

Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

Sport — ikkinchi imkoniyat

Shaxnoza Mirzayeva 10 yoshida avtohalokatga uchrab, oyog‘ining bir qismidan ajraldi. Baxtsiz hodisaga qaramasadn, u sportni tanladi va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Toshkent metrosining chalkash ko‘rsatkichlari

2020 yilda Toshkent metropolitenining yer usti Halqa yo‘li va Sergeli yo‘nalishi ishga tushirildi, Yunusobod yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shildi. Toshkent metrosining yangi va eski bekatlaridagi yo‘l ko‘rsatkichlaridagi noaniqliklar, u yerdagi tashkilotchilik, bekat va uning tashqarisidagi navigatsiya — Og‘abek Samisov va Yevgeniy Sorochin reportajida.