Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi
6 iyul 2021, 11:07

Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi

COVID-19 pandemiyasi tufayli Angliyada joriy etilgan barcha cheklovlar 19 iyuldan butunlay bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. «Biz qonuniy cheklovlardan voz kechamiz va odamlarga virus bilan qanday kurashish to‘g‘risida o‘zlari asosli qarorlar qabul qilishlariga imkon beramiz» — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. Sentyabrga qadar mamlakatning barcha voyaga yetgan fuqarolari ikki dozali vaksinalar bilan to‘liq emlanishi ko‘zda tutilgan.

Koronavirus bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 3 barobarga oshgan
6 iyul 2021, 10:56

Koronavirus bo‘yicha Call-markazlarga murojaatlar soni 3 barobarga oshgan

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha tashkil qilingan Call-markazlarga murojaatlar soni 20 kun ichida 3 barobar ko‘paygan. Call-markazga kuniga 1100−1200 ta murojaat kelib tushmoqda.

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 119 ming nikoh qayd etilgan
6 iyul 2021, 10:54

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 119 ming nikoh qayd etilgan

Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 118 ming 988 ta nikoh holatlari qayd etildi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida rasmiylashtirilgan.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
6 iyul 2021, 10:52

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qo‘yilgan taqiq bekor chiqarilib, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda.

Buxoroda 4 ta bolalar bog‘chasi va Pedagogika kolleji karantinga yopildi
6 iyul 2021, 10:25

Buxoroda 4 ta bolalar bog‘chasi va Pedagogika kolleji karantinga yopildi

Buxoro viloyatidagi 4 ta bolalar bog‘chasining 22 nafar xodimlarida va Pedagogika kollejining 3 nafar xodimida COVID-19 aniqlangani uchun mazkur muassasalar 14 kunlik karantinga olindi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri koronavirusga qarshi emlandi
6 iyul 2021, 10:13

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri koronavirusga qarshi emlandi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov 3 iyul kuni Qashqadaryoga xizmat safari chog‘ida koronavirusga qarshi emlandi.

«Himoya orderini hech kim olmasa kerak, deb o‘ylagandim». Tanzila Narbayeva — tazyiqqa uchragan ayollar haqida
6 iyul 2021, 08:00

«Himoya orderini hech kim olmasa kerak, deb o‘ylagandim». Tanzila Narbayeva — tazyiqqa uchragan ayollar haqida

Senat raisi tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytdi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — dedi u. Shuningdek, himoya orderini erkaklar ham olishi mumkinligi, qolaversa uning muddatini bir oydan uzoqroqqa cho‘zish hamda bu boradagi qonunchilikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Afg‘onistondagi vaziyat rivojini muhokama qildilar
5 iyul 2021, 23:58

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Afg‘onistondagi vaziyat rivojini muhokama qildilar

Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojini muhokama qildilar.

1 avgustdan to‘y va marosimlarda faqat 50 kishi qatnashishi mumkin
5 iyul 2021, 23:40

1 avgustdan to‘y va marosimlarda faqat 50 kishi qatnashishi mumkin

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda tashkil etishga ruxsat berildi.

O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi
5 iyul 2021, 23:34

O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatildi. Sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 iyul 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar, BAAning emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani, Indoneziyada chet elliklar uchun kirish qoidalari kuchaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari Chirchiqda tashkil etiladigan klasterga ko‘chiriladi
5 iyul 2021, 21:18

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari Chirchiqda tashkil etiladigan klasterga ko‘chiriladi

Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari va «O‘zKlaas Agro» Chirchiqqa ko‘chirilib, sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Klasterni tashkil etishga 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.

Toshkent yog‘-moy kombinatidagi davlat ulushi sotuvga chiqarildi
5 iyul 2021, 21:05

Toshkent yog‘-moy kombinatidagi davlat ulushi sotuvga chiqarildi

«Moya mechta», «Dushka» va boshqa nomlar ostida yog‘, margarin, mayonez kabi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan Toshkent yog‘-moy kombinati ustav kapitalidagi 55,96 foizlik davlat ulushi birja savdolariga qo‘yildi.

5 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 iyul 2021, 20:30

5 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so‘ng mobil VPN birdaniga ommalashishi, prezidentning joriy haftadagi ish grafiki, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmoniing telefon orqali muloqoti, lotin yozuvidagi alifboga o‘tish bo‘yicha topshiriq — “Gazeta.uz"ning 5 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi
5 iyul 2021, 20:26

Benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda benzin narxi olti oy ichida 17 foizga, propan esa iyunning o‘zida 8,7 foizga qimmatlashdi.

Iyunda 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bir oy ichida narxlar qanday o‘zgardi?
5 iyul 2021, 19:39

Iyunda 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bir oy ichida narxlar qanday o‘zgardi?

Iyun oyida mavsumiy omillar hisobiga 0,2 foizlik mavsumiy deflyatsiya kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonlashdi, meva-sabzavot mahsulotlari va tuxum narxi sezilarli pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.

Bosh vazir lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
5 iyul 2021, 18:31

Bosh vazir lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Hukumat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. 1 avgustga qadar davlat organlari barcha ko‘chalar, peshlavhalar va turli blaklarning lotin yozuvida bo‘lishini ta’minlashi kerak. Oldinroq ushbu vazifani 2022 yil dekabriga qadar bajarish ko‘zlangan edi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaralarni himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar
5 iyul 2021, 17:18

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaralarni himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar. Tomonlar Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirishda kuch ishlatar tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Davlat kompaniyalariga davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirish taqiqlandi
5 iyul 2021, 16:43

Davlat kompaniyalariga davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirish taqiqlandi

Davlat kompaniyalari uchun individual tarzda davlat xaridlarini tendersiz o‘tkazishning mavjud talablari bekor qilindi. Ularga davlat xaridlari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda e’lon qilish majburiyati yuklatildi.

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi
5 iyul 2021, 16:11

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 19,94 so‘mga pasaydi va jami 10 593,60 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting