Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri koronavirusga qarshi emlandi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Rahmat Mamatov 3 iyul kuni Qashqadaryoga xizmat safari chog‘ida Qarshi shahridagi 4-son oilaviy poliklinikada emlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin “Sputnik V” vaksinasini olganligi, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etgani, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xitoy-o‘zbek vaksinasi olgani, hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi.