7 iyul kuni 208 kishida pnevmoniya aniqlandi
8 iyul 2021, 10:33

7 iyul kuni 208 kishida pnevmoniya aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 490 nafar fuqaroda koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 19,5 mingta ajrim qayd etilgan
8 iyul 2021, 10:15

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 19,5 mingta ajrim qayd etilgan

Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 19 ming 406 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahri, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi
8 iyul 2021, 10:15

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi

23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarining ochilishi rejalashtirilgan Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat e’lon qilinadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi
8 iyul 2021, 09:43

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

15−16 iyul kunlari Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston, Afg‘oniston prezidentlari, Pokiston va boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari hamda yuqori darajadagi vakillari ishtirok etadi.

Yevro-2020. Italiya finalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi
8 iyul 2021, 02:52

Yevro-2020. Italiya finalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi

Yevropa chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Italiya — Angliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 11 iyul kuni o‘tkaziladi.

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 iyul 2021, 21:56

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bir qator davlat idoralarining rahbariyatidagi o‘zgarishlar, yangi telekanalning ish boshlashi, metro bekatlarida svet o‘chishi, Komil Allamjonovning Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqidagi fikri — «Gazeta.uz»ning 7 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Tanzila Narbayeva koronavirusga qarshi emlandi
7 iyul 2021, 21:31

Tanzila Narbayeva koronavirusga qarshi emlandi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva may-iyun oylarida koronavirusga qarshi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
7 iyul 2021, 21:22

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)
7 iyul 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Gaiti prezidentining o‘z uyida o‘ldirilgani, Turkmanistonda majburiy emlashning joriy etilgani, Litvaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moody’s O‘zbekiston kredit reytingini «V1» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozini oshirdi
7 iyul 2021, 20:30

Moody’s O‘zbekiston kredit reytingini «V1» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozini oshirdi

Moody’s agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini «B1» darajasida saqlab qoldi, biroq «barqaror» prognozini «ijobiy»ga o‘zgartirdi. Bunga mamlakatning institutsional salohiyati yaxshilangani va davlat siyosati samaradorligi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi
7 iyul 2021, 20:09

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi

Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
7 iyul 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 625,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

Navoiy IESda gaz sizib chiqishi tufayli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
7 iyul 2021, 15:40

Navoiy IESda gaz sizib chiqishi tufayli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi quvurida gaz sizib chiqdi. Nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda. «Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin», — deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi
7 iyul 2021, 15:20

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi

7 iyul kuni Toshkent shahar elektor taminoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli metropolitenining “Chilonzor”, “Yunusobod”, “O‘zbekiston” yo‘nalishlaridagi bekatlarida svet o‘chdi. Ma’lum qilinishicha, bu holatda poyezdlar harakati to‘xtamagan.

Yaqin kunlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda
7 iyul 2021, 14:34

Yaqin kunlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda

8−10 iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol 20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

«Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ish boshladi
7 iyul 2021, 14:25

«Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ish boshladi

MTRK raqamli platformasida internet orqali efirga uzatiladigan «Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ishga tushirildi. Telekanalda «diniy ilmiy ekspertizadan o‘tgan, turli talqinga o‘rin bermaydigan darajada ishonchli ma’lumotlarga asoslangan» ko‘rsatuvlar va suhbatlar namoyish etiladi.

Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
7 iyul 2021, 14:21

Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida 5−6 iyul kunlari odam o‘limi bilan sodir bo‘lgan ikkita YTH ro‘y berdi. Toyloq tumanida Spark yuqori tezlikda beton to‘siqqa urilib ketdi va oqibatda haydovchi vafot etdi. Oqdaryo tumanida Lada Largus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Surxondaryoda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida Cobalt qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilib ketdi va haydovchi halok bo‘ldi.

Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi
7 iyul 2021, 13:54

Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportining yangi direktori etib tayinlandi. Shu bilan birga u Andijon xalqaro aeroporti direktori vazifasida faoliyat yuritadi.

Davlat organi xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi
7 iyul 2021, 13:09

Davlat organi xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Barcha davlat tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 1 avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi.

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi
7 iyul 2021, 13:02

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketdi. Asadbek To‘rayev «Qamashi» futbol klubi bilan birgalikda DXX raisi kubogida chempion bo‘lgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting