O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarning barcha turlari vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakatda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi.

Bu mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda amalga oshirilganligi aytilgan.

Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi.

Oldinroq, «Gazeta.uz» karantin cheklovlari bir-biriga zidligi, karantin cheklovlariga qaramasdan ommaviy tadbirlar ishtirokchilari niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga rioya qilmaganliklari to‘g‘risida yozgan edi.