Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 6 iyuldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 19,94 so‘mga pasaydi va 10 593,60 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 32,57 so‘mga ko‘tarildi va 12 580,96 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,50 so‘mga ko‘tarildi va 144,48 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 25,95 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 613,54 so‘mni tashkil qilgandi.