Davlat organlari ochiqligini ta’minlash uchun Antikorrupsiya agentligiga yangi vazifalar yuklatildi
17 iyun 2021, 11:16

Davlat organlari ochiqligini ta’minlash uchun Antikorrupsiya agentligiga yangi vazifalar yuklatildi

Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda Antikorrupsiya agentligi ochiqlikka oid qonunchilik talablarini muntazam ravishda buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi. Har yil yakunida davlat organlarining Ochiqlik indeksi e’lon qilinadi. Shuningdek, davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonida 2,7 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
17 iyun 2021, 11:07

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonida 2,7 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 834 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 295 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qilganlikda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi
17 iyun 2021, 10:37

Sirdaryoda terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qilganlikda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi

Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi
17 iyun 2021, 10:29

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik amaliy tashrif bilan Andijon viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

DXXning sobiq binosini TIV rahbari o‘g‘lining kompaniyasi sotib oldi
17 iyun 2021, 09:50

DXXning sobiq binosini TIV rahbari o‘g‘lining kompaniyasi sotib oldi

Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.

Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi ochildi
17 iyun 2021, 00:42

Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi ochildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi ochildi. Markaz AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ko‘magida ishga tushirildi.

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
16 iyun 2021, 22:45

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Xususiy OTMlarga 500 ta grant beriladi, yotoqxonalar uchun yerlar auksion orqali ajratiladi
16 iyun 2021, 22:24

Xususiy OTMlarga 500 ta grant beriladi, yotoqxonalar uchun yerlar auksion orqali ajratiladi

Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 iyun 2021, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Moskvada majburiy emlash joriy etilgani, Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvda 80 dan ortiq falastinliklarning jarohatlangani, NATOning Afg‘oniston kuchlarini o‘qitish uchun bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident
16 iyun 2021, 19:12

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektorda rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerakligini ta’kidlandi. «Sifat bilan shug‘ullanmagan, „talaba uchun men nima bera olaman“, degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Shuningdek, davlat rahbari yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lganiga ham e’tibor qaratdi.

Buxorodagi byudjet tashkilotlaridan biri deyarli 65 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirgan
16 iyun 2021, 17:06

Buxorodagi byudjet tashkilotlaridan biri deyarli 65 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirgan

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31,4 mlrd va 2020 yilda 33,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini auksion va tendersiz amalga oshirganligini aniqladi.

Parrandachilarga subsidiya va soliq imtiyozlari beriladi
16 iyun 2021, 17:01

Parrandachilarga subsidiya va soliq imtiyozlari beriladi

1 iyundan QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi. Parrandachilar uchun uch yil davomida qator soliqlar, jumladan, daromad va mol-mulk solig‘ida kamaytirilgan stavkalar qo‘llaniladi

Samarqandda «Minsk» xiyobonidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 iyun 2021, 16:56

Samarqandda «Minsk» xiyobonidagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqanddagi «Minsk» xiyobonida qurilish uchun hujjatlar soxtalashtirilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahalla aholisi, faollar va deputat xabar qilishicha, quruvchi kompaniya uy-joy, bolalar bog‘chasi va savdo binolarini noqonuniy ravishda qurmoqda.

Dollarning rasmiy kursi olti kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi
16 iyun 2021, 16:29

Dollarning rasmiy kursi olti kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pasaydi va jami 10 590,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi
16 iyun 2021, 16:11

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi

Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.

Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” sohasida magistraturaga qabul boshlandi
16 iyun 2021, 15:00

Toshkentdagi Webster universitetida “Taʼlim va innovatsiyalar” sohasida magistraturaga qabul boshlandi

2021 yil avgust oyidan boshlab Toshkentdagi Webster universiteti “Ta'lim va innovatsiyalar” yo’nalishida yangi bir yillik magistratura dasturini (MA EDIN) yo’lga qo’yadi.

Sirdaryo viloyati IIB rahbari tayinlandi
16 iyun 2021, 14:09

Sirdaryo viloyati IIB rahbari tayinlandi

Shuhrat Buronov Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. U bundan avval Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlagan o‘quvchilar ota-onalarining roziligi bilan borganligi aytildi
16 iyun 2021, 13:43

Jomboydagi maktab sinfxonalarini ta’mirlagan o‘quvchilar ota-onalarining roziligi bilan borganligi aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-maktabda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar maktabni ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi aytildi. 5 nafar qiz-o‘quvchilar esa yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida maktabga kelganligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilar o‘zi va ota-onalarining ixtiyoriga zid ravishda ta’mirlash ishlariga jalb qilinmaganligini ta’kidladi.

TATU rektori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi
16 iyun 2021, 11:29

TATU rektori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Baxtiyor Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bundan avval u Elektromagnit moslashuv markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Kecha O‘zbekistonda 350 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi
16 iyun 2021, 11:24

Kecha O‘zbekistonda 350 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 463 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 342 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting