1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lganlar soni qisqartirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasi 1 avgustidan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Bunda 50 kishi qatoriga faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar ishtirok etishi mumkin.

Marosimlar sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprelidan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan edi.