“Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak” — Namangan viloyati hokimi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

O‘zbekistonga 40 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi

Bugun tunda O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. 10 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so‘ng mobil VPN birdaniga ommalashdi

O‘zbekistonda TikTok, Twitter va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilganidan so‘ng, VPN dasturiga talab birdaniga ortdi. So‘nggi marta bunday holat 2018 yilning kuzida, Facebook va YouTube bloklanganida kuzatilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi bilan uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish rejalashtirilgan.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan Toshkent viloyatilik sportchilarga mukofotlar topshirildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev musobaqadan oldin sportchilarning kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. “Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi”, — degan edi prezident.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

Hukumat jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi. Banklar, fond birjalari, advokatlar va notariuslar shubhali operatsiyalar to‘g‘risida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga xabar berishlari majburiy etib belgilandi.

Yer osti metrosi qurilishida qariyb 900 mln so‘m talon-toroj qilingan — Transport prokuraturasi

Toshkent metrosidagi nosozliklar ortidan Transport prokuraturasi metropoliten faoliyatini o‘rganib, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan 650 ta kamchilikni aniqladi. Metrodagi muammolarni hal etish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgani aytildi. Qolaversa, “Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilar sonini oshirib, kunlik daromadni 560 mln so‘mga chiqarish, reklamadan tushadigan daromadni esa 6 oyda 4,1 mlrd so‘mga yetkazishni reja qilayapti.

Davlat kompaniyalariga davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirish taqiqlandi

Davlat kompaniyalari uchun individual tarzda davlat xaridlarini tendersiz o‘tkazishning mavjud talablari bekor qilindi. Ularga davlat xaridlari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda e’lon qilish majburiyati yuklatildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaralarni himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar. Tomonlar Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirishda kuch ishlatar tuzilmalar va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Bosh vazir lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Hukumat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. 1 avgustga qadar davlat organlari barcha ko‘chalar, peshlavhalar va turli blaklarning lotin yozuvida bo‘lishini ta’minlashi kerak. Oldinroq ushbu vazifani 2022 yil dekabriga qadar bajarish ko‘zlangan edi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

O‘zi kim aybdor? Yana Allamjonovmi?

27 iyun kuni Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning “Allamjonov aybdor” nomli kitobi omma uchun taqdim etildi. Bloger Mirzayor Erkinov “Gazeta.uz” uchun maqolasida muallifning asardagi asosiy fikrlari va kitobda keltirilgan qiziqarli voqealar tafsiloti haqida yozadi.

G‘alati karantin yoxud cheklovlar kim uchun?

28 iyundan 12 iyulgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonda karantin cheklovlari qat’iylashtirildi. Ammo so‘nggi kunlardagi hodisalar cheklovlar bor yoki yo‘qligi, ular kim uchun tadbiq etilgani to‘g‘risida savollar uyg‘otmoqda. “Ashxobod sayilgohi"dagi tadbirlar, Qashqadaryodagi o‘zgartirishlar, Buxorodagi MMA musobaqasi karantin qoidalariga qanchalik mos? “Gazeta.uz” yana bir bor ayrim cheklovlarga rioya qilinmayotganiga e’tibor qaratadi.