Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etdi.

Ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7−9 ballik, ba’zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba’zilariga 2 karra ko‘p yuklama tushayotgani ta’kidlandi.

Oqibatda kunning tig‘iz paytida manzilga borish uchun 2 barobar ko‘p vaqt sarflanmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish va prezidentga taqdimot qilish topshirildi.

“Shaharsozlik va yo‘l harakatiga mas’ul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart. Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak”, — dedi prezident.

Bir necha yil avval prezident yo‘l harakati tizimida piyodalar va velosipedchilarning ustuvorligini e’lon qilgan edi: “Piyodalar — velosipedchilar — jamoat transporti — shaxsiy avtomobillar”. Shunga qaramay, O‘zbekiston shaharlarida bu bayonotga zid loyihalar qayta-qayta paydo bo‘lmoqda.

“Gazeta.uz” shaharsozlik, transport harakatini to‘g‘ri tashkil etish va shaharni rivojlantirish mavzulariga ko‘plab materiallar e’lon qilgan. Siz ularni quyidagi havolalar orqali o‘qishingiz mumkin: