2021-yilda O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, bel olish va uchkurash, baxodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish, polvonlik va darbozlik sporti, uloq-ko‘pkari, ot poygasi, ot ustida kurash, chavgon, tangi iluv, ot ustida kamon otish, kamondan otish, ov qushlari bilan ko‘rgazmali ov qilish kabi milliy etnosport turlarini jaxonda ommalashtirish hamda takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Ushbu assotsiatsiya milliy sport turlari bo‘yicha tadbirlar, musobaqalar va o‘quv dasturlarini tashkil etish orqali qadimiy va milliy sport turlarining zamonaviy davrda ham izchil rivojlanishini ta’minlashda xizmat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi raisi, iqtisodiy fanlari falsafa doktori
Oybek Norinbayev rahbarligida turli etnosport tadbirlaridagi faol ishtiroki tufayli xalqaro maydonda e’tirofga sazovor bo‘ldi. Assotsiatsiya o‘zining qisqa muddatli faoliyati davomida O‘zbekistonda ham, xalqaro miqyosda ham etnosport ommalashuvida katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Shu tariqa, O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklari va idoralari vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazdi.

Tadbirlardan birinchisi 18 va 19-fevral kunlari Chimgan Challenge-2023 festivali doirasida Sky Camp Bo’stonliq lagerida bo‘lib o‘tgan qishki sport turlari mavsumining ochilish marosimi bo‘ldi.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Tadbir chang‘ichi va snoubordchilarning ko‘rgazmali namoyishini o‘z ichiga olgan qish mavsumining rasmiy ochilishi bilan boshlandi. Sportchilar O‘zbekiston bayroqlari bilan tog‘ yonbag‘irlaridan tushib keldilar. So‘ngra professional va havaskorlar o‘rtasida qishki sport musobaqalariga start berildi. Tadbir davomida milliy etnosport o‘yinlari: o‘q otish, arqon tortish, shaxmat, mini-futbol va badminton bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etildi.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Zotli itlari ishtirokida ko‘rgazmali tulki ovi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Qayd etish joizki, yirtqich qushlar va itlar bilan ov qilish O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosiga kiritilgan. Bo‘lib o‘tgan festival mamlakatda tog‘ turizmini ommalashtirishga katta e’tibor qaratilayotgan turizmni rivojlantirish dasturida ham muhim o‘rin tutdi, chunki O‘zbekiston nafaqat qadimiy shaharlari, balki go‘zal tog‘lari bilan ham mashhurdir.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

2023-yil 24-mart kuni Toshkentning “Lokomotiv” bog‘ida polvonlik va darbozlik musobaqasining o‘tkazilishi O‘zbekistonning boy madaniyati uchun yana bir e’tiborli voqea bo‘ldi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 25-maydagi etnik sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 259-sonli qaroriga hamda 2022−2023-yillarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasiga” asosan etnosport assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.

Bunday musobaqalarni an’anaviy bayramlar davomida tashkil etiladigan alohida sport toifasiga ajratish mumkin. Chunki an’anaviy bayramlar, birinchi navbatda, raqs va qo‘shiqlardan iborat, biroq milliy bayramlar qo‘g‘irchoq teatri, kurash, ot poygasi va darbozlar chiqishini xam o‘z ichiga oladi. Bu milliy an’ana avloddan-avlodga o‘tib kelib, bugungi kungacha saqlanib qolgan. Bugungi darbozlar esa xalq ajdodlarning ulug‘vor an’analarining ajoyib davomchilaridir.

O‘zbekiston hududida sportning bu turi ilk o‘rta asrlarda keng tarqalgan. Darbozlarning chiqishlari har doim katta olomonni o‘ziga jalb qilgan. Darbozlarsiz bironta bayram ham o‘tmagan. Ularni tomosha qilish uchun yoshu qari yig‘ilar, hattoki shahar amaldorlari ham tashrif buyurishardi.

Shuningdek, 10-aprel kuni Buxoroda Kashtachilik va milliy xalq o‘yinlari milliy festivali bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 30 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi. Festivalda kashtachilar bosh kiyim, sharf, ro‘mol, gilam, sumka, tovoqlar, naqshli dasturxon va shu kabi qo‘lda tayyorlangan buyumlarni namoyish etdi. Festival doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkazildi. Ishtirokchilar milliy kurash, belbog‘li kurash va milliy jang san’atining boshqa turlari bo‘yicha bellashdilar.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

26-may kuni Toshkentdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida O‘zbekiston etnik o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnik sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 259-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan ilk bor tashkil etildi. Festivalni assotsiatsiya raisi, iqtisodiy fanlari falsafa doktori Oybek Norinbayev ochib berib, o‘z nutqida O‘zbekistonda Etnosportni ommalashtirish hamda takomilliashtirish bo‘yicha xukumat tomonidan juda katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Shu bilan birga, ushbu tadbir o‘zbek xalqining tarixini o‘zaro anglash va undagi qadriyatlarni kelajak avlod uchun yetkazib berish uchun xizmat qilishini, yoshlarimizga ota-bobolarimiz tomonidan an’naga aylantirilgan sport turlari bilan tanishishi ularda iftixor tuyg‘usini kuchaytirishga turtki bo‘ladi degan umiddamiz”, — deb Oybek Norinbayev o‘z so‘zini yakunladi hamda barcha ishtirokchilardan musobaqada omad va zafarlar tiladi.

Assotsiatsiya uchun 2023-yilning eng nufuzli va katta tadbiri “Xalqaro etnosport festivali” 7−9-sentabr kunlari Xivada bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 63 davlatdan 2000 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda 8-sentabr kuni horijdan kelgan etnik sport vakillari ishtirokida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Festival doirasida butunjahon etnosport turlari konfederatsiyasi faoliyatini targ‘ib qilish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bir qancha davra suhbatlari o‘tkazildi.

Davra suhbatida konfederatsiyaning barcha 24 a’zosi, shuningdek, O‘zbekiston vazirliklari va birlashmalari vakillari, o‘nlab mamlakatlardan olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Festivalda YUNESKO, butunjahon etnosport konfederatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillari ham ishtirok etdi. Festival dasturidan ko‘plab, musobaqalar jumladan, belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir, o‘zbek jang san’ati bo‘yicha jahon chempionatlari, ommaviy kurash va tosh ko‘tarish, kamondan otish hamda ot sporti toifasidagi musobaqalari o‘tkazildi.

2023-yil 22-dekabr kuni Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan Qarab tep federatsiyasining taqdimot marosimini o‘tkazdi, unda sportning ushbu turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha rejalar hamda etnosportni yanada rivojlantirish vazifalariga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” taqdim etildi.

Bundan tashqari, yil davomida etnosport bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston vazirlar mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan sport-ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazildi. 2023-yilgi tasdiqlangan taqvimga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 34 ta turli musobaqalarda munosib ishtirok etib, etnosportning ommalashuviga o‘z xissalarini qo‘shdilar.

2024-yildagi Etnosport assotsiatsiyasi oldidagi dolzarb vazifalar

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi vakillari 2024-yilning 16 dan 18-fevralgacha Turkiyaning Antalyada bo‘lib o‘tadigan etnosport forumida ishtirok etishadi. Ular seminar va davra suhbatlarida ishtirok etib, forumning asosiy vazifasi bo‘lgan dunyoda etnosport va turizmni rivojlantirish strategiyasini muhokama qiladilar.

o‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi, reklama

Shu bilan bir qatorda 11 dan 13-maygacha Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida etno va zamonaviy moda haftaligi xalqaro etno-o‘yinlar festivali, xalq hunarmandchiligi va zargarlik buyumlari yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Etnosport assotsiatsiyasi festival mehmonlariga an’anaviy xalq o‘yinlari va sport turlarining butun boy tarixini taqdim etadilar.

Gruziya kurashi xalqaro federatsiyasi taklifiga binoan Assotsiatsiya vakillari 2024-yilning may oyida Kaxeti shahrida bo‘lib o‘tadigan “Gruziya etnosport festivali” festivalida ishtirok etadi.

Shuningdek, 2024-yilda Toshkent shahrida etnosport festivali o‘tkazilishi va mazkur tadbirga xalqaro tashkilotlardan ekspert va olimlarni taklif etilishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqlari asosida.