2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 36 799 800 kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18 525 000 kishini, ayollar soni 18 274 800 kishini, shahar aholisi soni 18 768 500 kishini, qishloq aholisi soni 18 031 300 kishini tashkil etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi xabar qildi.

демография, doimiy aholi soni, миграция, никоҳ, nikohdan ажрашиш, статистика, tug‘ilish statistikasi, o‘lim statistikasi

Mehnatga layoqatli aholi soni esa 20 710 900 nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan (20 505 300) 205 600 ga ko‘p.

Hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni eng ko‘p Samarqand viloyatida 4 208 500 kishi, Farg‘ona viloyatida 4 061 500 kishi, Qashqadaryo viloyatida 3 560 600 kishi, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 914 ming kishi, Navoiy viloyatida 1 075 300 kishi va Jizzax viloyatida 1 507 400 kishini tashkil etgan. Shunday qilib O‘zbekistonda aholi soni 4 milliondan oshgan viloyatlar soni ikkitaga yetdi.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,8 kishiga ortgan (2023-yil 1-yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga 80,2 kishi). Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6787,5 kishi, Andijon viloyatida 789,4 kishi, Farg‘ona viloyatida 600,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 kishini tashkil etgan.

демография, doimiy aholi soni, миграция, никоҳ, nikohdan ажрашиш, статистика, tug‘ilish statistikasi, o‘lim statistikasi

Tug‘ilish va o‘lim statistikasi

2023-yil yanvar dekabr oylarida tirik tug‘ilganlar soni 962 ming kishini tashkil etdi, shundan o‘g‘il bolalar soni 498,3 ming kishini, qiz bolalar soni 463,7 ming kishi, tirik tug‘ilganlar soni shahar joylarida 480,2 ming kishini, qishloq joylarida 481,8 ming kishini tashkil etdi.

Tirik tug‘ilish-nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarishlaridan biri mavjud bo‘lsa ham bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.

2023-yil yanvar dekabr oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 12,8 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 80,3 foizining otasi 25−39 yoshlarga hamda 6,9 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 38,1 foiz chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 60,8 foizining onasi 25−39 yoshlarga hamda 1,1 foiz chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘ldi.

2023-yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 95 ming kishini, ayollar soni 77,8 ming kishi, vafot etganlar soni shahar joylarida 93,6 ming kishini, qishloq joylarida 79,2 ming kishini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar dekabr oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,8 foizi o‘simtalardan, 5,5 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,4 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Qayd etilgan nikohlar va ajralishlar

демография, doimiy aholi soni, миграция, никоҳ, nikohdan ажрашиш, статистика, tug‘ilish statistikasi, o‘lim statistikasi

2023-yil yanvar dekabr oylarida qayd etilgan nikohlar soni 283,8 mingtani tashkil etdi, shundan shahar joylarida 139,7 mingtani (49,2 foiz), qishloq joylarida 144,1 mingtani (50,8 foiz) tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 birlikka kamaygan. 2020-yilning mos davri bilan taqqoslanganda 13 ming birlikka kamaygan.

Qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 22,2 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 27 yoshni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohlarning 81,3 foizini tashkil etgan.

2023-yilda qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 49,2 ming birlikni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 21 mingtaga yoki 1,7 barobarga ko‘paygani kuzatildi.

2023-yilda nikohdan ajralishlarning soni 49,2 mingtani tashkil etdi, shundan shahar joylarida 29,9 mingtani, (60,7 foiz), qishloq joylarida 19,3 mingtani (39,3 foiz) tashkil etdi.

2023-yilda farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 24 576 tani (umumiy ajrashganlarning 50 foizi) tashkil etgan. 2023-yil yanvar dekabr oylarida 1 nafar farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 13 610 tani (27,7 foiz) tashkil etgan. 2023-yil yanvar dekabr oylarida 2 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 11 012 tani (22,3 foiz) tashkil etgan.

Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi 2023-yilda erkaklar uchun 37,2 yoshni, ayollar uchun 32,8 yoshni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lgan ajralayotgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 62,5 foizini tashkil etgan.

Migratsiya

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 2955 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 1473 kishini, (49,8 foiz) ayollar soni esa 1482 kishini (50,2 foiz) tashkil etdi.

2023-yil yanvar dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 17 336 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 8270 kishini, (47,7 foiz) ayollar soni esa 9066 kishini (52,3 foiz) tashkil etdi.