29-yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

M-39 avtomobil yo‘lidagi dovon yopilishiga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan. Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlik uning qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishini bildirdi.