Ukraina bosh vaziri Rossiyani davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning aytishicha, Ukraina rasmiylarida Rossiyaning mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirish maqsadi haqida maxfiy ma’lumotlar bor. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

Avvalroq, Moskva bunday niyatlarni rad etgan va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan davlat to‘ntarishi ehtimoliga ishonmasligini aytgan.

«Bizda maxsus maqsadlarni (davlat to‘ntarishini tashkil etish) ko‘rsatadigan maxfiy ma’lumotlar bor», — dedi janob Shmigal. Buning ortida Rossiya davlati bormi, degan savolga: «Albatta», — deya javob berdi u.


Turkiyada Fathulloh Gyulenning 137 nafar tarafdori hibsga olindi

Turkiyada politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Fathulloh Gyulenning turk rasmiylari terrorchi deb tan olgan FETO harakati bilan aloqadorlikda gumon qilingan 134 kishi qo‘lga olindi. Hibsga olishlar Istanbul va Anqarada bo‘lib o‘tdi, qo‘lga olinganlar orasida talabalar ham bor, deb xabar beradi Kommersant’.

Tintuvlar chog‘ida FETO tarafdorlari ekani aytilayotgan shaxslardan «ko‘p miqdorda tashkiliy hujjatlar va raqamli materiallar» olingan. Uch nafar gumonlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘lgan va ular qidirilmoqda.


Barbados respublikaga aylandi

Karib dengizidagi Barbados oroli seshanba kuni rasman respublikaga aylandi. oktabr oyida saylangan mamlakat prezidenti Sandra Meyson ham o‘z lavozimiga kirishdi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II endi Karib dengizi davlatining rahbari hisoblanmaydi. Marosim Barbados hukumati saytida jonli efirga uzatildi.

Marosim mehmoni yakshanba kuni Barbadosga uchib kelgan Britaniya taxti vorisi, Uels shahzodasi Charlz bo‘ldi. Barbados poytaxti Bridjtaundagi Milliy qahramonlar maydonida qirolichaning shtandarti tushirildi — TASS.


Qozog‘iston 6 oy muddatga qoramol eksportini chekladi

Qozog‘istonda tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya qarori bilan joriy yilning 15 dekabridan boshlab tirik qoramol eksportini to‘liq taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda ElDala.kz nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, 15 dekabrdan boshlab Qozog‘iston hududidan 6 oy muddatga nasldor mollar va buzoqlarni olib chiqishni to‘liq taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, 15 dekabrdan boshlab kartoshka va sabzi eksportiga ham 3 oy muddatga taqiq belgilandi.


Xitoyda 1,1 milliarddan ortiq odam to‘liq COVID-19'ga qarshi to‘liq vaksina oldi

Xitoyda 1,1 milliarddan ortiq odam COVID-19'ga qarshi to‘liq emlandi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«29 noyabr holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga qarshi 2,49 milliard doza vaksina foydalanildi va to‘liq emlashni tugatganlar soni 1 milliard 110 million 506 ming nafarga yetdi», — deya ta’kidlagan Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi rahbari.