Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 1-dekabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 8,90 so‘mga pasaydi va 10 778,98 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 74,99 so‘mga ko‘tarildi va 12 249,23 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,40 so‘mga ko‘tarildi va 144,17 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 787,03 so‘mni tashkil qilgandi.