Joriy yilning 1−2 dekabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ushbu kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlar ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 1−2 dekabr  kunlarida xorijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilayotgani xabar qilingandi. Harorat kechalari +6…+9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +17…+22 daraja iliqqacha ko‘tarilishi aytilgan. Bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan +8…+11 darajaga yuqori hisoblanadi.