Andijondagi MCHJlardan birining rahbari 6 gektar maydonda quriladigan savdo kompleksidagi do‘konlarni o‘z kompaniyasi qurayotganligini ta’kidlab, ulardan 10 tasini sotish uchun fuqarodan 117 ming dollar so‘ragan, undan 60 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Samarqandda esa advokat o‘ziga ijaraga berilgan 4 gektar yerni 23 ming dollar evaziga boshqa fuqaroga sotishga uringan. DXX Jizzax va Xorazmda ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahriga turli viloyatlardan ishlash maqsadida kelgan 30 nafar fuqaro «Tavhid va jihod katibati» tashkiloti tarafdorlari sifatida gumonlanib, qo‘lga olindi.
2020 yildagi Sardoba fojiasi va Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan so‘ng, Qonunchilik palatasida «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ko‘rib chiqilmoqda.
Urganch shahridagi chiqindixonalardan birida qiz jinsiga mansub chaqaloqning murdasi topildi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, u ona qornida 5,5−6 oy yashagan hamda «uning o‘limiga yetilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo‘lgan». Qolaversa, chaqaloq qonidan homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan dori vositasi qoldiqlari topilgan.
Chorshanba kuni koronavirusga topshirilgan test natijalari 1117 kishida musbat natijani ko‘rsatdi. 2 nafar bemor esa olamdan o‘tdi. Qolaversa, 125 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentdagi barcha qozonxonalar faoliyati tiklangani, biroq, gaz bosimi pastligi uchun qozonxonalar yetarli issiqlikni ko‘p qavatli xonadonlarga bera olmayotganini ma’lum qildi.
Ertalabki 9:00 dan Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan tashqari, boshqa hududlardagi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat viloyatlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi. 28 yanvardan esa butun respublikada shoxobchalar faoliyatini tiklash reja qilingan.
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qaraganda yo‘llardagi avariyalar oqibati odamlar ko‘proq vafot etayotganini ta’kidladi. «Nimaga kuyib-pishmaymiz? Nimaga o‘lim ko‘payyapti?», — deb so‘radi u. Prezident haydovchilarni o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Darsga bormasdan guvohnomani olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?», — dedi u.
Aholi sarosimaga tushmagani uchun minnatdorchilik bildirgan Shavkat Mirziyoyev, kechgacha elektr energiya va gaz ta’minoti to‘liq tiklanishini aytgan Energetika vazirligi, pora bilan qo‘lga tushgani aytilgan mansabdorlar, «blekaut» ortidan oziq-ovqat narxi keskin oshmasligi, faoliyati cheklangan gaz «zapravkalar», hududlarda harakatdan to‘xtagan jamoat transporti va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
Yevropa Ittifoqining Ukraina tufayli Rossiyaga valyuta konvertatsiyasi, eksport va importni cheklashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda antiterror operatsiyalar rejimining bekor qilingani, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning koronavirusga chalingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqandda uch nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan erkak qo‘lga olindi.
Taniqli yozuvchi, dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekov 71 yoshida olamdan o‘tdi. U «Temir xotin», «Masxaraboz», «Farhod va Shirin» kabi filmlar, «Charxpalak» videofilmining ssenariylariga mualliflik qilgan.
«Hududgazta’minot» korxonasi Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi. Aholidan: «gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirish» so‘raldi. Elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonada gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilish va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanish kerakligi eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga 10 yil muddatga 10 mlrd so‘mlik davlat obligatsiyalarini joylashtirdi. Bundan tashqari, 174,5 mlrd so‘mlik muomala davri 5 yil bo‘lgan obligatsilar ham birjaga chiqarildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdulla Azizov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident seshanba kuni energotizimda yuzaga kelgan nosozliklarga munosabat bildirib, uzoq hududlardagi texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligini ta’kidladi. «Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, barcha soha va idoralar xodimlari, OAV va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Gaz quyish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar sabab Samarqand va Namangan viloyatlarida jamoat transporti harakati to‘xtab qoldi. Qoraqalpog‘istonda esa avtobuslar shoxobchalarda yuzaga kelgan uzun navbatlarda qolib ketmoqda.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilgan nisbatan 6,8 foiz yoki 19,3 trln so‘m ko‘proqni tashkil etgan. Qurilishlarning 94,8 foizi nodavlat tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,03 so‘mga pasayib, 10 803,97 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pastladi. Ushbu o‘zgarishlar 27 yanvardan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting