Og‘ir atletika bo‘yicha OCHda o‘zbekistonliklar 25 ta medal oldi
12 fevral 2024, 11:45

Og‘ir atletika bo‘yicha OCHda o‘zbekistonliklar 25 ta medal oldi

Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida KXDR umumiy medallar bo‘yicha 1-o‘rin (33 ta medal), Janubiy Koreya 2-o‘rin (27 ta), O‘zbekiston esa 3-o‘rin (25 ta)ni egalladi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar ochkolar borasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi (umumiy ro‘yxat).

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi
12 fevral 2024, 11:36

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi

Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekistondagi 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil qilinadi
12 fevral 2024, 11:16

O‘zbekistondagi 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi
12 fevral 2024, 11:06

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi
12 fevral 2024, 10:57

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 mln 20 mingtani tashkil etdi. Bir yil davomida ko‘rsatkich salkam 400 mingtaga ko‘paygan. Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan 93 foizi yengil avtomobillar hisoblanadi.

O‘zbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi
12 fevral 2024, 10:48

O‘zbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yoyma to‘rlar, elektr qarmoq, tuzoqsimon to‘rlar va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollaridan foydalanish hamda 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlandi.

Qashqadaryoda 50 o‘rinli hospis quriladi
12 fevral 2024, 10:45

Qashqadaryoda 50 o‘rinli hospis quriladi

Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkentdagi IQAir havo sifati datchiklari tarmog‘i kengaydi
12 fevral 2024, 10:01

Toshkentdagi IQAir havo sifati datchiklari tarmog‘i kengaydi

So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.

Samarqandda gaz sotuvidan tushgan qariyb 350 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlangan shaxslar ushlandi
12 fevral 2024, 09:54

Samarqandda gaz sotuvidan tushgan qariyb 350 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlangan shaxslar ushlandi

Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi
11 fevral 2024, 15:53

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi
11 fevral 2024, 11:11

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi

Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
11 fevral 2024, 11:08

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi
10 fevral 2024, 18:28

Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi

Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi
10 fevral 2024, 14:41

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi

O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda
10 fevral 2024, 12:59

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda

IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

Toshkent aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirish faqat birinchi qavatdan bo‘ladi, estakada esa binoning bir qismiga aylanadi
10 fevral 2024, 11:53

Toshkent aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirish faqat birinchi qavatdan bo‘ladi, estakada esa binoning bir qismiga aylanadi

Toshkent xalqaro aeroportida terminalni kengaytirish ishlari sabab kuzatuvchilarning jo‘nab ketish zaliga kirishi cheklandi. Yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun terminal oldida estakada o‘rnini bosuvchi alohida yo‘lak ajratildi. Estakada esa binoning bir qismiga aylanadi.

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilanmoqda
10 fevral 2024, 11:26

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilanmoqda

Senat pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilovchi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi ham belgilanmoqda.

Litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik
10 fevral 2024, 10:26

Litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoy va Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi, qo‘shnilar bilan esa qisqartirdi
10 fevral 2024, 00:53

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoy va Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi, qo‘shnilar bilan esa qisqartirdi

Xitoy Rossiyani quvib o‘tib, O‘zbekistonning asosiy savdo sherigiga aylandi, shunga qaramay, ikki davlat ham savdodagi ulushini oshirdi. Rossiya va Xitoydan import ko‘paydi, biroq ushbu bozorlarga O‘zbekiston mahsulotlari kamroq yetkazib berilmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi ham pasaygan.

Argentina parlamenti prezidentning islohotlar paketini ma’qullamadi
9 fevral 2024, 22:13

Argentina parlamenti prezidentning islohotlar paketini ma’qullamadi

Argentina parlamenti a’zolari prezident Xaver Mileyning tub islohotlar paketini qabul qilmadi va hujjatni ko‘rib chiqish uchun qaytardi. Rejalashtirilgan islohotlar tufayli mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting