Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari Milliy gvardiya xodimi va advokatni pora olishda gumonlab qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishini aytgan. 33 yoshli xodim fuqarodan 1500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

advokat, миллий gvardiya, pora

Shuningdek, advokat Sh. A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishini aytgan. Buning uchun fuqarodan 600 dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.