Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida mast holda janjal ko‘targani uchun IIBga olib ketilgan 37 yoshli erkak oradan 4−5 soat o‘tib o‘lik holda uyiga qaytarilgani aytilmoqda. Tuman hokimligi uning RSHTTYOIM Qarshi filialida olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Viloyat prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.
Toshkent markazidagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan Kosmonavtlar bog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu yerda o‘yin maydonchalari, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi kutilmoqda. Pudratchi sifatida Mimar Group kompaniyasi tanlandi.
Rossiya Davlat Dumasining Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarorini ma’qullagani, Ilon Maskning 5,7 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Mashqlarni yakunlagan Rossiya harbiylarining Qrimni tark etayotgani, Texas bosh prokurori Ken Pakstanning Facebook’ni sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Gazeta.uz» tahririyatining Shavkat Mirziyoyevga murojaati, Kosmonavtlar maydonidagi ruxsatsiz amalga oshirilayotgan rekonstruksiya, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli Ocard suv brendi, Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun ochiladigan jamg‘arma, bojxonada to‘xtatib qolingan 230 kg geroin, Qibrayda yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarilgan o‘quvchi qizlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tadbirkor Murod Nazarov Ocard suv brendi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini ma’lum qildi. Ocard savdo belgisi patenti J-United Group korxonasiga tegishli. Bu kompaniya ta’sischisi esa Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.
Prezident qarori bilan 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi. Qolaversa, 2023 yil qadar “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi. Moliya vazirligi huzurida esa Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini topshirdi (foto).
Heritage Foundation tomonidan e’lon qilingan “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2022” reytingida O‘zbekiston 55,7 ball to‘plagan holda 177 davlat orasida 117-o‘rinni egalladi. Indeks metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” guruhida qoldi. Bundan tashqari, 119 davlatda (67,2 foizida) pasayish kuzatildi.
Qibray tumanidagi 29-maktabda o‘quvchi qizlar sovuq havo bo‘lishiga qaramay, yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga chiqarildi. Toshkent viloyat XTB tadbir maktab tomonidan emas, balki «Oltin meros» xayriya fondi va «Yangi yo‘l» mahallasi tomonidan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga esa chora ko‘rilishi aytildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,86 so‘mga pasayib, 10 837,16 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.
Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmaganligi sababli o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi. Hodisa joyiga yetib borgan Olmazor IIB FMB boshlig‘i muzokara o‘tkazib, 40 yoshdan oshgan fuqaroni pastga tushirishga erishdi. Oliy ta’lim vazirligi ishchiga qurilish tashkiloti maoshini to‘lab berganini qo‘shimcha qildi (yangilandi).
2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xalqiga murojaati chog‘ida 16-fevralni “Birlik kuni” deb e’lon qildi. Shu kuni butun mamlakat bo‘ylab Ukraina bayrog‘i ko‘tariladi, 10:00 da davlat madhiyasi ijro etiladi. Aholi xavfsizlik holati haqida maxsus onlayn-platforma orqali xabardor etib boriladi.
Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga olib kelish uchun 2 ta maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 18 va 25 fevral kunlari Voljskiy shahridan yo‘lga chiqadi.
Ahmad Donish va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini tezyurar shosselarga aylantirgan Toshkent hokimligi yana bir markaziy ko‘cha — Alisher Navoiy ko‘chasiga ham qo‘l uzatdi. Ishlar yana ogohlantirishsiz boshlab yuborildi. Reja prezidentning shahar birinchi navbatda piyodalar uchun qulay bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotiga zid kelmoqda. «Gazeta.uz» nashrining davlat rahbariga murojaati.
Bojxona xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi «Oybek» postida to‘xtatilgan yuk mashinasida 229,7 kg «geroin» giyohvandlik vositasi aniqlandi. Ushbu narkotik vositalarning Yevropa «qora bozorlari»dagi narxi hozirda o‘rtacha 12−14 mln dollarni tashkil etadi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan «Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar va dam olish bog‘i ochiq auksionda sotuvga qo‘yildi. 8,35 gektar maydonga ega bog‘ning boshlang‘ich narxi 376,4 mlrd so‘mga baholangan.
Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi xodimi tadbirkorga Farg‘ona shahridagi 30-avtomobil yo‘nalishini 1 500 dollar evaziga 3 yilga biriktirib berishni va’da qilgan. Shundan 1 000 dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hukumat yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘ycha reglamentni tasdiqladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting